Get Mystery Box with random crypto!

“Qaynatma shörva” Tayyorlashdagi asosiy tavsiyalar Shôr | 𝓜𝓾𝔁𝓵𝓲𝓼𝓪𝓛𝓪𝓭𝔂𝓒𝓸𝓸𝓴

“Qaynatma shörva”

Tayyorlashdagi asosiy tavsiyalar

Shôrvaga suyakli gôsht solish shart,ayniqsa qôy gôsht bôlsa ayni muddao. (qôy gösht yemaydiganlar mol gôshtidan tayyorlashsa böladi)

Shôrvani rangi tiniq chiqishi uchun birinchi qaynab chiqgan kôpikli suvini tôkib 2 chi suvga sabzavotlarni solasiz.

Tiniq chiqishida piyozni tög’rama qilib emas butun solsangiz ham böladi.

Shörva uchun sersuv eng mazzali hushta’m sabzavotlardan foydalanamiz. Qôshimchasiga sholg’om chesnok va hohishga kôra nordon olma solsangiz ham böladi.

Kôpchilik shörvaga zira solishni bilmaydi.Lekin zira solsangiz shôrvangiz yanayam mazzali böladi.

Suyuq ovqatlar doim bir xil qaynashi juda muhum.Qozonning bir tarafi qaynamasin.

Qaynatmaga doim me’yordan kôproq suv soling qaynab qurishini hisobga oling va uni miltillatib kamida 3-4 soat qaynating.Qancha uzoq qaynasa shuncha mazzali böladi.

Va albatta shörvani chômich yordamida chopirib turing.

Zelenlarni man ôzak qisimi ipi bilan bog’langan holatini solaman.
Sababi shôrva tiniq chiqishi uchun va kôkatlar mazzasi shôrvaga ham chiqishi uchun.

Man ôzimni shôrva tayyorlashdagi yuanslarim bilan bôlishdim.

Endi Siz shörvani qanday tayyorlashingiz haqida yozib qoldiring.Oddiy taom bölgani bilan oddiy hamma bilmagan sekretlari böladi.

Siz ham boshqalar bilan ôz tayyorlash uslubingiz bilan bölishing