Get Mystery Box with random crypto!

Qiyomat kuni oʻgʻlingiz Alloh huzurida turib: – Otajon, nima | الْقَارِعَةِ | ོ

Qiyomat kuni oʻgʻlingiz Alloh huzurida turib:

– Otajon, nima uchun meni chet elga sayohatga olib bormagansiz, deb daʼvo qilmaydi.
– Otajon, nima uchun menga kompyuter va uyali telefon olib bermagansiz, deb daʼvo qilmaydi.
– Otajon, nima uchun menga dangʻillama hovli qurib bermagansiz, mazali taomlar bilan siylamagansiz, deb daʼvo qilmaydi.

Lekin Qiyomat kuni:
– Otajon, Allohga qanday ibodat qilishni nima uchun oʻrgatmagansiz?!
– Otajon, nima uchun menga Qurʼon oʻqishni oʻrgatmagansiz?!
– Otajon, nima uchun namoz oʻqimaganimda meni bundan qaytarmagansiz?! deb daʼvo qilishi aniqdir.

@all_qomarun