Get Mystery Box with random crypto!

Bizni unutganlar, sizga tashakkur! Bizdan ketganlarga tilaymiz | الْقَارِعَةِ | ོ

Bizni unutganlar, sizga tashakkur!
Bizdan ketganlarga tilaymiz oq yo‘l.
Bizni unutmoqni istagan do‘stim,
Hamisha Allohning panohida bo‘l!

Aslida bu hayot sinovlar oni,
Kimni yo‘qotasiz, kimni topursiz.
Shubhasiz bir kuni kelsa imkoni,
Ketganlar ortidan eshik yopursiz!

Ey nodon do‘stima, qadrdon do‘stim,
Sen kimning kuyiga aylading hirom.
Bilsang bu dunyoning o‘zi bir qimor,
O‘yinchilar esa hammasi g‘irrom!

O‘zingda ixtiyor, o‘zingda qaror,
Kimga dushman bo‘lsang, kimga do‘st bo‘lsang.
Ammo bir so‘zimni unutma zinhor,
Zorim serob mening, zo‘rim yo‘q bilsang!

Allohning amriga boshim egilgan,
Har ishdan yaxshilik istayveraman.
Qismat kitobiga shunday bitilgan,
Nachora, sensiz ham yashayveraman!

Yuzinga bir eshik yopilgan onda,
Alloh ikki eshik ochib qo‘yarmush.
Kun kelib kimlardir zor, parokanda,
Kimning boshidan zar sochib qo‘yarmush!

Balki or qilursan do‘sting faqirdan,
Illo sabrlilar yutar dunyo bu.
Bir kun joy topurmiz bir hil qabrdan,
Sendan ham, mendan ham ortar dunyo bu!

Bilsang ketar chog‘i hammamiz bir xil,
Senda ham, menda ham o‘sha oq libos.
Hamma yog‘och otda yo‘lga chiqar-u,
Borar manzillari bir emas xalos!

@all_qomarun