Get Mystery Box with random crypto!

#iqtibos Har yili mamlakatda minglab talabalar o‘qish pulini | Rashidov Muxammadyusuf Blog | Rasmiy Kanal

#iqtibos

Har yili mamlakatda minglab talabalar o‘qish pulini to‘lay olmagani uchun institutlardan haydaladi.
Har yili yana o‘n minglab talabalar faqatgina otasining pullari bo‘lgani uchungina o‘qishga kiradi va diplom oladi.
Har yili yuz minglab otalar bolasini o‘qitish uchun qullikka rozi bo‘ladi.
Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan ko‘ra hozir azizroq bo‘lgan boyligini talon-toroj qiladi.
Har yili minglab o‘qituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarini yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.
Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat o‘qish puli uchun o‘zini sotadi.
Har yili minglab onalar bolasini o‘qitish uchun o‘z jigarini davolatishdan voz kechadi.
Har yili necha yosh o‘qishga pul topish uchun Vatandan chiqib ketadi.
Har yili... har yili shu ahvol yangi bo‘ladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.


"Qo‘rqma" asaridan

P.s: yashasin o'zbekiston shu tarzda vavom eta versa yana qanchadan qancha ichida dardi bor o'quvchilar emas faqat puli bor o'quvchilargina o'iy boshlaydi va hozirgidek bollar diplom uchungina o'qiydiva ........ Buyog'ini nima bo'lishini o'zingiz bilib turibsiz

@muxammadyusufblog