Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 22-dars Haqiqiy do'st Panda! Ha | .

Ustoz Shifudan 100 ta dars

22-dars

Haqiqiy do'st


Panda!

Haqiqiy do'st senga bir yaxshilik yetsa sendan ko'p quvonadigan, yomonlik yetsa sendan ko'p qayg'uradigan insondir.

Haqiqiy do'st uchrashganda kinoyali, qochirim so'zlar bilan emas, aksincha ochiq, samimiy, hurmat bilan so'zlaydigan insondir.

Haqiqiy do'st sen boringda joningni, sen yo'g'ingda sha'ningni va molingni himoya qiladigan insondir.

Haqiqiy do'st xato qilsang yashirib, maxfiy o'zingga, qalbing ozor yetmaydigan qilib, mahorat bilan ayta olgan insondir.

Haqiqiy do'st og'ir kunda eng birinchi hammadan oldin xabar oladigan, shonli paytda ko'rinmay qolgan insondir.

Haqiqiy do'st o'zining manfaatidan senikini ustun ko'radigan fidoyi insondir.

Agar hayotda bitta bo'lsa ham shunday do'sting bo'lsa demak sen boysan Panda!

Do'stlarim sochimdan ko'p deb o'ylama. Qiyin kunlaringda bilinadi qanchaligi.
Ehtimol kaldirsan.

Shu postni eng yaqin do'stingga jo'natib, senga chidab yurgani uchun mendan rahmat ayt Panda!

@Muxammadali_Eshonqulov