Get Mystery Box with random crypto!

​O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi: Finlyandiya ta'lim tizimi (D | .

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi:
Finlyandiya ta'lim tizimi


(Davomi. 8-qism)

Finlyandiya maktablaridagi ta'lim tizimi qisqa satrlarda mana shunday. Ehtimol, u kimgadir noto‘g‘ridek tuyulishi mumkin. Finlar mukammallikka da'vogarlik qilishmaydi va erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmaydi, hatto eng yaxshi tizimda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Ular mamlakatdagi maktab tizimi jamiyatdagi o‘zgarishlarga qanchalik to‘g‘ri kelishini doimiy ravishda tadqiq qilishadi.

Shunisi quvonarliki, finlarning farzandlari tunda asabiy zo‘riqishdan uyg‘onmaydi, tezroq katta bo‘lishni orzu qilmaydi, ularda maktabga nisbatan nafrat yo‘q, o‘quvchilar navbatdagi imtihonlarga tayyorlanib, o‘zlari va butun oila a'zolarini qiynamaydi. Xotirjam, sermulohaza va baxtli fin bolalari kitoblar mutolaa qilishadi, tarjimasiz (original tilda) filmlar ko‘rishadi, kompyuter o‘yinlari o‘ynashadi, rolik va velosipedlarda uchishadi, musiqa va teatr pesalari yaratishadi, qo‘shiq kuylashadi. Ular hayotdan quvonib yashashadi va buning orasida ta'lim olishga ham ulgurishadi.

Manba: Kun.uz rasmiy sayti

@Muxammadali_Eshonqulov