Get Mystery Box with random crypto!

​​Nimaga yoshlar “chet”ga chiqib ketadi? Keling shu savolga o | Mustaqil Yurt Farzandi

​​Nimaga yoshlar “chet”ga chiqib ketadi?

Keling shu savolga o’zimdan kelib chiqib fikrlarimni beraman.

Kecha yaqinda maktabni “a’lo” baxolarga tugatganim uchun oltin medal bilan taqdirlandim, va tabriklash chog’ida menga medal va ota-onamga tumanimimiz hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” emas har xolda, “Tashakkurnoma” berildi.

Oqqo’rg’on tumanida bu yil jami 27 ta medalchi, 26 ta oltin va 1 ta kumush, o’quvchilar bor. 28-iyun kuni tuman hokimi bizni medal bilan taqdirladi, bir kun o’tib, 29-iyunda, tuman sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib yoshlarni rag’batlantirish maqsadida yana bir joyga yig’di.

Xo’sh qanaqa rag’bat deysizmi? Jami 27 nafar o’quvchidan 10 nafariga 2 donadan kitob . To’g’risi men “udilnitel” kutgandim, albatta, hazil. Menga qo’ng’iroq qilib “sizlar bilan prokuror uchrasharkan, sovg’asini berarkan” - deyishganida hayolimga kitob bersa kerak deb o’ylagandim. Rostmanakasiga kitob berishdi, faqat qanday kitob? 10-12 yoshli bolalar o’qiydigan kitobni 18 yoshli bitiruvchilarga berishdi va yana buni g’urur bilan mag’rurlanib berdi .
Men uchrashuvga boryotganda kitob beradi faqat yoshimga mos, kelajakda menga as qotadigan kitoblar(berilgan kitoblarni mualliflarini xurmat qilaman, lekin bu kitoblar 18 yoshli Bitiruvchilarga beriladigan kitob emas) to’plami berishsa kerak deb o’ylagandim, afsuski unday bo’lmadi.

29-iyun soat 15:00da Sektor rahbari va yoshlar ushrashuvi reja qilingandi. Sektor rahbari soat 16:00 da keldi, kun juda ham issiq payt 50 nafardan oshiq yoshlar, targ’ibotchilar sovutgichi yo’q aktivlar zalida isib kutib o’ririshdi. Rahbar keldi va nimaga bu uchrashuv tashkillashtirilganini aytdi va so’ngra bizda muammo va kamchiliklarni so’radi.

Ushrashuvni men, hokimiyatning birinchi raqamli “tanqidchi”si, o’zimning taklifim bilan boshladim. Taklif shunday edi, medalchi yoshlarni bitta gul va hech qayerda kerak bo’lmaydigan “TASHAKKURNOMA” bilan aldab qo’ymasdan, sal yaxshiroq rag’batlantirib mana shu yurt uchun, yurt ravnaqi uchun nimadir yaxshiroq narsa berishlarini so’radim. Misol tariqasida Yoshlar ishlar agentligi tomonidan mahalla yoshlar yetakchilariga berilgan sovg’alarni keltirdim. Topingchi sektor rahbari nima deb javob bergan? Har doimgi gaplar, aravani uyoqdan buyoqa ob qochib, bir “kapkir”ga ilinadigan javob bo’lmadi. Undan keyin menga rahbar akamiz madaniyatsizligim tarbiyasizligimni gapirdi, nega deysizmi? Chunki akaga men o’tirib gapirishni boshlagandim. Shu yerda men ham kech kelish madaniyatsizlikmasligini aytib ketdim. Shundan so’ng XTV tuman bo’limi mudir akamiz jonini japporga berib Yangi O’zbekiston salohiyati haqida gapirdi, Vatanparvar odam haqida ham gapirdi, VATANPARVAR odam mudir akamizning fikricha formalarni kiyib, medallarni taqib bayramga borib bayroq ko’targan shaxs ekan.

So’ngra nimadir bo’ldi tumanda 200 nafardan oshiq talabaning kantraktini to’lab berishganini aytishdi. Men ham tilim “qichib” “ Davay, men WESTga kirdim kantrakti 33 mln. menikiniyam to’lab beraslarmi?” - desam yana o’sha oldi qochdi gaplar.

Uchrashuv so’ngida 10 nafar o’quvchiga 2 tadan ertak kitob berilib, uchrashuv tugatildi. 17 nafar o’quvchiga esa “shimildiriq”.

Men uchrashuvda nima demoqchi edim-u, akalar nima qilishdi. Men faqat sportchi, TikToker, MFY yoshlar yetakchilarini emas, o’qiyotgan, ilmga chanqoq bo’lgan yoshlarni shu yurtda qolishi uchun rag’batlantirishni so’ragandim, afsuski ular meni tushunishni umuman xohlashmadi.

Kechgi bayramda birovning o’rniga chiqib elektrplita oldim.

Sarlavhaga qaytadigan bo’sak, ilm olyotgan yoshlarga e’tibor juda-juda past. Medalchilarga bo’lgan munosabatni ko’rdingiz. Qachon qarama sportchilarga berishadi, kazo-kazo moshinalar, uylar, katta katta pul mablag’larining hammasi sportchilarga.

Ta’limni rivojlantirsak davlat rivojlanadi. Har yili yurtimizning bir qancha “oltin” boshlari chetga shu sababdan chiqib ketadi.

Maqsad bitta shu yurtni rivojlantirish!
Qanday qilib? Ta’lim orqali!

Xullas, ichimdagi dardlarimni to’kib sochdim.

Mustaqil Yurtni rivojlantirishni o’ylab yurgan Farzand, Yuldoshiy!

@mustaqilyurtfarzandi