Get Mystery Box with random crypto!

Bu kitob juda ko‘p insonlarga tanish uning muallifi kimligi ma | Musnid Toha

Bu kitob juda ko‘p insonlarga tanish uning muallifi kimligi ma‘lum, tarjimoni esa hozirda Turkiyada ta‘lim olayotgan Mirzohid ismli tilshunos yigit. Uning hozirda "Bobil kutubxonasi" nomli telegram kanalida ayrim fikriy ziddiyatlarga duch keldim. Avvalo shuni ta‘kidlash lozimki din - Mirzohidning o‘y fikrlari kabi shunchaki bir ijtimoiy hodisa emas, balki din bu ilohiy ta‘limot va ijtimoiy yechim. Islomni hech qachon bir shaxsga bog‘lab bo‘lmaydi chunki buning iloji ham yo‘q. Bunga dalillar bisyor. Dinni emas dinni tor doirada tushungan va tushuntirayotganlarni mulohaza qiling. Mirzohidni ilmiy faoliyatini hurmat qilaman. Uning ayrim qarashlariga muxolif bo‘lishim bu insoniy fitrat. Fikrlar har doim ham bir xil bo‘lavermaydi, dunyo shu bilan obod. Azizim Po‘rtaxol asari uchun esa Mirzohidga katta rahmat.
Aytgancha u ham yosh ijodkirlardan, biz bilan tengdosh.
المسند طه
https://t.me/MusnidToha