Get Mystery Box with random crypto!

Oylar yilni quvdiyu to'ldim ?? ga ham Qarindoshlar qayrashar t | Fi Qolbu 𝑺𝒂𝒎𝒊ي𝒂

Oylar yilni quvdiyu to'ldim ?? ga ham
Qarindoshlar qayrashar turmush qur endi sen ham
Hali yoshman o'qiyman magistr ham bo'laman
Hoy qiz seni qanchaga boshqa yostiq qilarman.

Ona o'zingiz ayting, men erkaman shaddodman
Rahmingiz kelsin unga boshga balo bir qizman.
Osh qil desa shovlaga aylanadi taomim,
Uyni supur desangiz keladiku malolim.
Hoy qiz erka tantisan, gap kirmaydi quloqqa
Kelin bo'lsang ertasi, uchirishar buloqqa.
Qaynonang qulog'ingga uloqtirar zambarak.
Qanday qiz o'stirgansiz deb ham nolisa kerak.
Kelin bo'lish kanalga post joylash deganimas,
Hech qaysi kelin hali sendek dangasa bo'lmas.

Qaynonam meni hali sizdan ham ko'p sevadi.
Erka kelin bo'laman qizim deb ko'p suyadi.
Ona nuqul men yomon dangasa deb tergaysiz
Bir ishlarga kirishsam, lolu hayron qolasiz.

Qani ko'raychi ishing ana supur hovlini,
Oshxonaga kirib ko'r idish tovoq holini.
Ukang sendan yaxshiya tozalaydi changlarni.
Sepingga yordamchiga qo'shvoraman ukangni.

Kelgan sovchilarga ham ko'rsatgansan mahorat
Boshimga balo qizim qancha qilayin toqat
Ona buncha nolidez menga zordir qanchasi
Yo'llarimga gul otar qarang ancha anchasi
Bor mingtani xor qilmay bittasini tanla kel,
Iyaaaa keyin zapretku nima deydi meni el
Kanalimni gapirmang, ular meni sevishar
Siz aytgan ayblarimni bilsa hayron qolishar.
Kanal kanal deysanu bosh ko'tar sal kitobdan
Senga kitob yetkazolmay, bosh chiqmadi hisobdan

Kuyov sho'rlik senga ne kitob zavod ochsinmi,
Yoki million million bank o'marib kelsinmi..

Unday emas hohishim, taqdir azal bitilgan.
Men istagan solihim qur'onni ham bitirgan
Xoooosh kim ekan  u sho'rlik qani aytchi men bilay.
Yuzidan nur yog'ilay qarab bo'lmas ko'ziga,
Hech bir qizni yo'latmas yaqiniga o'ziga
Qur'on o'qir tunlari, duo qilar ikkimiz.
Shu har safar duoda ko'rishamiz ikkimiz.
Ko'plab kitoblar o'qir, charchamaydi zikrdan
Shu sababli duoda eslab qo'ygan meni ham.
U boshqacha o'zgacha o'xshataman dadamga
Xushmomila, samimiy yoqar hamma odamga
Jiddiy, xushxulq, kamtar u
Men esa g'irt qaysarman
Qarasachi qizlarga ro'molimga osarman

Eltar meni dengizga kitoblarga  ko'madi
Arazlasam har safar moychechaklar beradi
Ona shudir orzuyim kutayapman men uni
Shu uchun ham duodan uxlamasman tunlari
Alloh istasa men ham chaqqon qiz ham bo'larman
Erkamanda yagona erkaliklar qilarman.
Solihimning uyida erka kelin bo'larman
Ko'rgani borsangizlar kelin salom qilarman
Ehhh qizima erkatoy borgin peshin ham kirdi
Duoga kechikmagin solihing kutib qoldi

Gulro'za

@Muslimam1904