Get Mystery Box with random crypto!

Hijoblaning! Hurmatli, opa-singillarim! Hijobga kirishni xo | Fi Qolbu 𝑺𝒂𝒎𝒊ي𝒂

Hijoblaning!

Hurmatli, opa-singillarim!

Hijobga kirishni xohlashlik hijobga kirish uchun kamlik qiladi. Xohishga harakatni ham qo'shish kerak. Allohdan duo qilib so'rash kerak! Hijobga kirishingizga qarshilik qilayotgan sabablarni yo'q qilish kerak. (Qanday yo'q qilishni o'zingiz bilasiz)

"Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo'lini ochib qo'yadir"

(Taloq surasi, 2)

Siz hijob kiyishni xohlasangiz, hijob o'zi kiyilib qolmaydi!
Masalan, men tepalikdan parashyutda sakrashni juda xohlayman. Buning uchun tepalikka chiqishim kerak. Yerda yurib, parashyutda sakrashni o'ylashim bu shunchaki HAYOL bo'ladi. Tushundingiz-a?

Maslahat:
Keng, uzun kiyishni uyda mashq qiling. O'zingizni yopiq kiyinishga o'rgating. Hijob kiyishingizga qarshilik qilayotganlarni ham ko'zlari o'rgansin yopiq kiyinishingizga. "Ko'chada odamlar gapirsa-chi?" deysizmi? Eh, ular gapiraverishadi. Siz o'z Yaratgan Robbingizning roziligi uchun harakat qilyapsiz!

Hijob Qur'onda ochiq-oydin buyurilgan. Bu farzimiz! Uyimizdagi erkaklarni dayus qilmaylik!

Farzni bajarayotgan paytingizdagi qiyinchiliklarga sabr qiling. Ajrini inshaaAlloh abadiy Jannatda olamiz )

Rizqingizni o'ylab ishingizni tark qila olmayotgan bo'lsangiz, unutmang, rizqni Rozzaq (rizq beruvchi) sifatli Alloh beradi.

p/s ko'nglingizga tegib ketgan bo'lsak bizni kechiring...

Eslatdiku

@Muslimam1904