Get Mystery Box with random crypto!

 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu | Fi Qolbu 𝑺𝒂𝒎𝒊ي𝒂



Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Har bir narsaning qalbi bor. Qur’onning qalbi “Yosin”dir. Kim “Yosin”ni qiroat qilsa, Alloh unga bu qiroati uchun Qur’onni o‘n marta qiroat qilgan (savobi)ni yozadi” dedilar.

Har narsaning qalbi uning asosiy a’zolaridan biri bo‘ladi. Yosin surasi ham Qur’onning qalbi bo‘lishi ila ana o‘sha martabaga erishgan. Surada mo‘’jaz kalimalar bilan Alloh taoloning biru borligi, har bir narsaga qodirligi, Payg‘ambar va vahiyning haqligi, kishilar Payg‘ambar yetkazgan vahiyni o‘zlariga dastur qilib yashamoqlari lozimligi, qayta tirilish kabi masalalar bayon etiladi.

Bular har bir kishining qalbida turishi lozim bo‘lgan va har bir kishi ertayu kech eslab turishi zarur bo‘lgan masalalardir.     Tasavvuf yo‘lini tutgan zotlar har kuni bomdod namozidan keyin bu surai karimani o‘qishni o‘zlariga kundalik vazifa qilib olganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim “Yosin”ni kechasi Allohning roziligi talabida o‘qisa, mag‘firat qilinadi”, dedilar.

Yosin surasining fazli haqida ko‘pgina hadislar rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida Yosin surasi Qur’onning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun “Qur’on qalbi” suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan.

Imom Bazzor Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir narsaning qalbi bor. Qur’onning qalbi “Yosin”dir. Men uni ummatimdan har birining qalbida bo‘lishini istardim”, deganlar