“1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi ekspozitsiya zallari bo'ylab bolalar uchun “Muzey bolalar nigohida” nomli maxsus ekskursiya tashkillashtirildi. Maxsus ekskursiyada Taxtako'pir tumani 2-sonli maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirok etishdi. Ekskursiya mobaynida o'quvchilarga muzey tarixi, uning bo'limlari, u yerda saqlanayotgan eksponatlar va uning asoschisi, I.V.Savitskiy haqida ma’lumotlar muzey ekskursovodi S.Majitova tomonidan berildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.