Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV Assalomu alaykum az | MuhammadYusuf | Rasmiy Kanal✔️

DIQQAT TANLOV

Assalomu alaykum aziz do‘stlar
"SUKUNAT IZTIROBLARI" kanali barcha ijodkor do‘stlarni yangi tanlovda ishtirok etishga chorlaydi. Ushbu tanlovda yoshidan, kasbidan, jamiyatda tutgan o‘rnidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha qalam ahli ishtirok etishi mumkin .

Tanlov 25- iyundan 31- avgustgacha davom etadi .

10 kunlik tanaffusdan keyin, ya’ni 10- sentyabrga g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanadilar

Tanlov mavzusini "Unutilgan tuyg‘ular" deb nomladik. Keling, siz bilan anashu unutilgan tuyg‘ular haqida gaplashamiz. (xoh nazmda, xoh nasrda)...

Tanlovda ishtirok etishdan avval ushbu e'lonni kamida10ta do'stingizga va 5ta aktiv guruh yoki kanallarga ulashishingiz,(*e'tibor bering xabarlar o'qilgan bo'lishi kerak,ya'ni ikkita pitichka bo'lishi kk) skreenshotini @Sakiynat_0327 manziliga jo'nating va undan so'ng siz tanlovda ishtirok eta olasiz
Ijod namunalarirgizni istalgan shaklda ( matn, audio, videorolik, chelenj) tarzida yuborishingiz mumkin. Ishtirokchilarni baholashda yoqtirishlar soni (klass) hamda hakamlarning fikrlari inobatga olinadi .
Tanlovning adolatli o‘tishini to‘g‘ri ta’minlash maqsadida, o‘zaro hurmat va e’tiborni saqlagan holda har bir ishtirokchi ijodiy ishlarga baho berishi , hamda shaxsiy fikrini bildirish huquqiga ega .

Hakamlar hay’ati:
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ustoz Iqbol Mirzo.
Yosh shijoatli ijodkor, bir necha tanlovlarning g‘olibi, shoir Shaxriyor Shavkat.
Buxoro viloyati 1- maktabning yetakchi pedagog ustozi Matlubaxonim Davronovna.
"Balkim" kanalining boshqaruvchisi, chiroyli ovoz sohibasi, yosh ijodkor Ra’noxonim Tajibayevna.
Muqimjon Nurboyev va "Sukunat iztiroblari" kanalining admini FaxrulnisoBegim.

Ijodiy ishlar hajmi chegaralanmagan . Har bir ishtirokchi bitta ijodiy namuna ishini yuborish huquqiga ega.

Eslatma
Tanlovga yuborilayotgan ijod namunalari oldin hech qayerga e’lon qilinmagan bo‘lishi kerak! Gʻoliblar quyidagi tartibda mukofotlanadi:

- o‘rinni egallagan bir nafar ishtirokchiga- 500, 000 so‘m pul mukofoti;

-o‘rinni egallagan ikki nafar ishtirokchiga- 300, 000 so‘m pul mukofoti;

-o‘rinni egallagan uch nafar ishtirokchiga- 200, 000 so‘m pul mukofoti;

-o‘rinni egallagan to‘rt nafar ishtirokchiga- 50, 000 so‘m pul mukofoti; shuningdek, qolgan sovrindorlarga, egallagan o‘rinlariga qarab muqaddas Qur’on kitobi, joynamoz, tasbeh, mushk anbarlar, shu bilan birga ustoz Iqbol Mirzoning "Bonu" romani va Shahriyor Shavkatning she’riy to‘plami ham esdalik sifatida taqdim etiladi...

Gʻoliblar mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram arafalarida aniqlanadi va 10- sentyabr kuni e’lon qilinadi .
Pul o‘tkazmalari shaxsan kanal ma’muriyati tomonidan yetkaziladi va mablag‘ yuborilganligi to‘g‘risidagi cheklar telegram kanaliga qo‘yib boriladi! Niyatimiz xolis, unutulib borilayotgan tuyg‘ulari yodga olib, xalq bilan baham ko‘ramiz, saralaymiz, sayqallashtiramiz, haqiqiy qobiliyat egalarini, ijodkorlarni yuzaga chiqaramiz va yosh iqtidorli, zakovatli yoshlarimizni qo‘llab- quvvatlaymiz... Ijod namunalaringizni +7 926 362 21 17 raqamidagi telegram manziliga Ra’no Tajibayevna @Tajiboyevnaa
yoki
Zeboxon Mamasoliyeva @Sakiynat_0327 va Muqimjon Norboyev telegramlariga yuborishingiz mumkin.

Shoshiling, balki Alloh qo'llab omadlilardan bo'larsiz!
Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang, o'z iste'dodingizni namoyon qiling
Sizlarga katta omad va muvaffaqqiyat tilab Sakiynat iztiroblari☆ kanali adminlari♡
Manzil: t.me/SUKUNAT22022022