Get Mystery Box with random crypto!

​Nima bo'lyapti? Aytishlaricha Coca-cola va Pepsi brendlari | Muhammadqodiriy

Nima bo'lyapti?

Aytishlaricha Coca-cola va Pepsi brendlari LGBT'ni qo'llab-quvvatlamoqda ekan. Shu sababli, unga butunlayga boykot berish, uni mahsulotlarini sotib olmaslik lozim ekan.

Shu o'rinda tushuntirish beraman:

Butun O'zbekistondagi shu fikrni qo'llab quvvatlayotgan insonlar Coca-cola va Pepsi ichmay, unga boykot bergan taqdirda ham bu kompaniyalarning hech biri sezilarli darajada zarar ko'rmaydi.

Agar shunday qilsangiz yo’lingizni oxirigacha ko’ring

- Direktori gey bo'lgan va LGBT'ni qo'llab-quvvatlaydigan qo'lingizdagi Iphone, iWatch, iPad tashlab yuboring.

- LGBT'ni qo'llab-quvvatlaydigan Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlari: WhatsApp, Facebook, Instagramdan akkauntlaringizni delete qiling, bugundan boshlab ishlatishni to'xtating.

- Biror ma'lumot kerak bo'lganda izlash uchun tashrif buyuradigan va LGBT'ni qo'llab-quvvatlaydigan butun jahon sayti Google'dan ham foydalanmang.

Va shu kabi siz sevib foydalanadigan:

Amazon, Microsoft Corp, Motorola, Sony, Ford, Toyota, BBC, Warner Bros. Entertainment, McDonald's, Starbucks, KFC, Nike, Giorgio Armani kabi brendlarning mahsulotlaridan voz keching. Ularni ishlatmang.

Eng qizig’i GM'ning LBGT'ni qo'llab-quvvatlashi haqidagi faktlarni keltiraman. Bu ma'lumotlar GM'ning rasmiy saytida keltirilgan.

Nima deb yozilganiga tushunmasangiz menga yozing o’zim tarjima qilib beraman

Bu haqida mening fikrim qanday?

Ha, men ham LGBT'ni yomon ko'raman va qo'llab-quvvatlamayman. Ammo agar LGBT menga aloqador insonga tegishli bo'lmasa, bu masala men uchun mutlaqo qiziq emas

Telegram Instagram