Get Mystery Box with random crypto!

Muhammadqodir Uz

Telegram kanalining logotibi muhammadqodir_uz — Muhammadqodir Uz M
Telegram kanalining logotibi muhammadqodir_uz — Muhammadqodir Uz
Kanal manzili: @muhammadqodir_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Muhammadqodir's IT blog

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-25 19:45:04 ​Android smartfonlar operativ xotirasini tozalab turishdan naf bormi?

Smartfon operativ xotirasini, ishlab turgan ilovalardan tozalash uning tezroq ishlashiga sabab boʻladi, degan gap yuradi. Aslida ham shundaymi va zamonaviy smartfonga qancha operativ xotira kerak? - kabi savollarga javob izlashga harakat qilamiz.

Operativ xotira miqdori, albatta, cheksiz emas. Turli xil, hatto faol foydalanilmayotgan ilovalar ham operativ xotirani band qilib turadi. Bundan tashqari, uning bir qismi operasion tizimning oʻzi ishlashiga sarflanadi.
Xotiraning haddan tashqari yuklanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, Android tizimining oʻzida OOM (Out of Memory) vazifalar menejeri (taskkiller) mavjud boʻlib, yangilarini yuklash uchun joy yetarli boʻlmaganda, foydalanilmayotgan ilovalarni yopadi. Ushbu vazifa, foydalanuvchi ishtirokisiz avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Tizimda oʻrnatilgan vazifalar menejeri qanday ishlaydi?
U yuklangan barcha ilovalar roʻyxatini yaratadi. Ushbu roʻyxatning yuqori qismida siz hozir foydalanayotgan yoki yaqinda foydalanganlari mavjud. Oxirida esa uzoq vaqt davomida ochilmaganlari. Biror yangi ilovani ochmoqchi boʻlganingizda operativ xotira yetarli boʻlmasa, vazifalar menejeri roʻyxatni oxiridan yopishni boshlaydi. Shu usul bilan yangi ilovalar uchun xotirani boʻshatadi.
* Vazifalar menejeri tizim ilovalari tegmaydi, yaʼni tizimning ishlashiga xalaqit bermaydi.
Zamonaviy smartfonga qancha operativ xotira kerak?
Agar tez-tez turli xil ilovalardan foydalansangiz va vazifalar menejeri ularni doimiy ravishda yopib qoʻysa, bu noqulay. Yaqindagina foydalangan ilovaga kirganingizda, u yana qayta yuklanadi. Agar smartfoningizda bu kabi holatlarga duch kelishni istamasangiz, operativ xotirasi yetarli boʻlgan modelni oling. Tavsiyalar quyida:

• 1 GB — faqat Android tizimining yengil versiyalari (Go edition) uchun mos keladi va birdaniga bir necha ilovadan foydalanish uchun juda kam.
• 2 Gb — toʻlaqonli operasion tizimlar uchun mos, lekin yuqorida koʻrsatilgan vaziyatga (ilovalar qayta yuklanadi) tez-tez duch kelasiz.
• 3 GB — bir vaqtning oʻzida 3-4 ta ilovadan foydalanadiganlarga mos kelishi mumkin. Ogʻir ilovalar (Facebook) va oʻyinlarda xotira kamligi seziladi.
• • 4 Gb — bunday hajmdagi xotiraga ega smartfonda yuqorida koʻrsatilgan holatlar deryali uchramaydi va bir necha ilovalardan birdaniga foydalanishingiz mumkin boʻladi.
• 6 GB — agar birdaniga koʻproq operativ xotirani talab qiladigan bir necha oʻyinlarni oʻynamasangiz (PUBG, Asphalt), xotira yetishmasligiga duch kelmaysiz.
• 6 Gb dan yuqori — Operativ xotira yetishmasligi sizni bezovta qilmaydi va vazifalar menejeriga ish ham qolmaydi.


#maʼlumot #info

Muhammadqodir uz | Facebook
Instagram | Twitter
67 viewsМухаммадкодир☜︎︎︎, 16:45
Ochish/sharhlash
2021-01-24 21:10:43
#malumot

Har oy 6000 dan ortiq yangi kompyuter virusi yaratilib tarqatiladi

@Muhammadqodir_uz
66 viewsМухаммадкодир☜︎︎︎, 18:10
Ochish/sharhlash
2021-01-24 09:26:36
Nimaga Iphone dagi olma tishlangan?

— Stiv Jobs 1977-yilda Rob Yan ismli dizaynerdan oddiyroq logotip tayyorlashini soʻraydi. Shuningdek, unda 6 ta rangni qoʻllab-quvvatlashi bilan inqilobiy ekranga ega boʻlgan Apple IIʼning displeyi ham aks etishi kerak edi. Nihoyat, tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip dunyoga keldi.

— Bu olma nega tishlangan, degan savol barcha uchun oʻshanda ham, hozir ham qiziq. Dizaynerning fikricha, odamlar uning chindan ham olma ekanini bilishlari, pomidor deb oʻylamasliklari uchun ham logotip tishlangan shaklda ifodalashga harakat qilingan.

— Shuningdek, olmaning “tishlanishi” ingliz tilida "bite" soʻzini ifodalagan. Boisi, oʻsha vaqtlardayoq kompyuterdagi maʼlumot “bayt” birligida oʻlchangan. Yaʼni, Apple bu orqali kompyuterlari marketingini ham nishonga olgan.

@muhammadqodir_uz
78 viewsМухаммадкодир☜︎︎︎, 06:26
Ochish/sharhlash
2021-01-21 09:12:46
10 soat ishlagan bo‘lsa-da 64 foiz quvvati qolgan. Redmi rahbari yangi smartfonga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi

Xiaomi Redmi K40 smartfonining avtonomligi tasvirlangan test natijasi bilan bo‘lishdi

Smartfon bir marta quvvatlanish orqali 10,5 soat ishlagan va shunga qaramay, akkumulyatorining 64 foiz quvvati sarflanmagani tasvirlangan skrinshot bilan bo‘lishgan.

Sizning Smartfoningiz quvvati qanchaga yetadi?

@muhammadqodir_uz
79 views., 06:12
Ochish/sharhlash
2021-01-18 09:38:05 ​​Netflix filmlar va seriallarni tomosha qilish uchun etakchi xizmatdir

Foydalanish uchun pul to'lashning hojati yo'q
Kirish talab qilinmaydi
4K sifatli filmlarni tomosha qiling
Barcha tillarda subtitrlarni qo'llab-quvvatlaydi
Filmni yuqori tezlikda yuklash
Reklamasiz

Play Market

Netflix MOD 7.86.0 (Premium qulfdan chiqarilgan)

Instagram | Facebook | YouTube


muhammmadqodir uz
86 views𝙋𝙤𝙨𝙩 𝘽𝙤𝙩, 06:38
Ochish/sharhlash
2021-01-15 12:46:20
#adds #maxfiy

Soxta chat yaratish mumkin bo'lgan ajoyib sayt.

O‘zingiz bilan o‘zingiz gaplashib, o‘zingizni o‘zingiz hursand qilib o‘tiring

Web sayt screenchat.live

@muhammadqodir_uz
95 views., 09:46
Ochish/sharhlash
2021-01-12 19:36:20
500 million faol Telegram foydalanuvchi

– Telegram’ning faol foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi, bu haqda Pavel Durov xabar berdi!

– Oxirgi 72 soat ichida butun dunyo bo'ylab 25 milliondan ortiq odam Telegram-da ro'yxatdan o'tdi.

@muhammadqodir_uz
104 views , 16:36
Ochish/sharhlash
2021-01-07 19:03:24 ​​Telegram x da ajoyib funksiya.
Bo"limlarga ajratish funksiyasi
O'zim ham bugun bildim.

Telegram X ishlatishni maslahat beraman.
Tezkor va qatimidi.(uncha munchaga)

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

@muhammadqodir_uz
129 views𝙋𝙤𝙨𝙩 𝘽𝙤𝙩, 16:03
Ochish/sharhlash
2021-01-05 15:49:09 Bu Xiaomi smartfonlari afzalliklarining to'liq ro'yxati emas. Har bir insonning bu mahsulotni yoqlovchi yoki unga qarshi o'z dalillari bo'lishi mumkin. Sizda qanday? Xiaomi smartfonlari haqida qanday fikrdasiz???

#fact #malumot #information

@muhammadqodir_Uz
105 views , 12:49
Ochish/sharhlash