Get Mystery Box with random crypto!

Hakimov Muhammadismoil

Telegram kanalining logotibi muhammadismoil_hakimov — Hakimov Muhammadismoil H
Telegram kanalining logotibi muhammadismoil_hakimov — Hakimov Muhammadismoil
Kanal manzili: @muhammadismoil_hakimov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 645
Kanalning ta’rifi

Андижон в. Олтинкул т. Янги Чек МФЙ
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
http://myurls.co/hakimov_muhammadismoil

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 08:57:03
Hurmatli Aziz yoshlar!

Besh bosqichli "5 tashabbus olimoiadasi"sining #birinchi mavsumida omadingiz kelmaganmidi?

Unda siz uchun shu yilning o'zida #ikkinchi bor imkoniyat beramiz.

Qanday qilib deysizmi?
Ko'p sonli yoshlarimizning taklif-tashabbuslarini inobatga olib "5 tashabbus olimpiadasi"ning #ikkinchi mavsumiga sizlarni taklif qilamiz.

Bu yerda #KIBERSPORT yo'nalishida ishtirok etish uchun o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Boshqa yo'nalishdagi tanlov-musobaqalar haqida ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, o'zingiz istiqomat qilayotgan #mahalla_yoshlar_yetakchisiga murojaat qiling, zero Siz Aziz yoshlarning bo'sh vaqtlaringizni mazmunli tashkil etishdan biz ham mamnunmiz.

@Muhammadismoil_Hakimov
1.6K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2022-08-16 11:14:01 O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi

5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

@Muhammadismoil_Hakimov
1.9K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-08-15 23:04:11 Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
Bosh prokuratura Akademiyasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Bank-moliya akademiyasi.

Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@Muhammadismoil_Hakimov
2.2K viewsedited  20:04
Ochish/sharhlash
2022-08-12 16:13:47
"Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi!

@Muhammadismoil_Hakimov
5.2K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:56:11
"Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi!

Olimpiada shu yilning sentabr-dekabr oylarida quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• “Yosh kitobxon”;
• “Quvnoqlar va zukkolar”;
• “Yoshlar raqs festivali”;
• “Milliy va zamonaviy cholg‘u; ijrochiligi” respublika tanlovlari;

Sportning quyidagi yo‘nalishlarida:
• voleybol;
• yengil atletika;
• stritbol;
• shaxmat;
• shashka;
• stol tennisi;
• street workout;
• milliy kurash;
• kibersport bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, olimpiada doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etish uchun joriy yilning 10-avgustidan 9-sentabrga qadar @beshtashabbusbot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

@beshtashabbus_uz
1.0K views14:56
Ochish/sharhlash
2022-08-10 16:26:58 Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimiz haqida:

“Chempionlarimizga yana qanaqa sovg‘a berishni uzoq o‘yladim. Mana, bokschilarimizga shunday katta pul mukofoti, mashinalar berdik, shaxmatchilarimizga ham bermasak, adolatdan bo‘lmaydi. Shu sababli ularga mashina ham sovg‘a qiladigan bo‘ldik. Yosh-yosh yigitlarimiz uyiga mashina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoshlarimizga qanday katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, Prezidentimiz 5-avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildilar.

@Muhammadismoil_Hakimov
1.5K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:19:28
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

@Muhammadismoil_Hakimov
1.7K views15:19
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:12:24
Yoshlar tayyormisiz?!
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start beryapmiz.

Xushyor bo‘ling, Sizni qiziqtirgan yo‘nalish ham bor.
Stol tennisi.
Shaxmat.
Shashka.
Voleybol.
Yengil atletika.
Stritbol.
Milliy kurash.
Street workout.
“Yosh kitobxon”.
Kibersport musobaqasi.
Xalq va zamonaviy cholg‘u asboblari tanlovi.
Yoshlar “Raqs”festivali (Raqs Fest).
“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi.
“Zakovat” intellektual o‘yini.

Qay birida qatnashishni tanladingizmi? Unda tayyorgarlikni boshlayvering.

Sentabr oyida mahalla bosqichida uchrashamiz!


https://t.me/Muhammadismoil_Hakimov
1.1K views05:12
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:07:39 Oʻzbekiston gʻolib!

Rasman:
2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

@Muhammadismoil_Hakimov
786 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-08-07 06:54:15 "Jadidlar" kitoblari

Elektron variantda

@Muhammadismoil_Hakimov
2.4K views03:54
Ochish/sharhlash