Get Mystery Box with random crypto!

​Yurgen Klopp eng yaxshi murabbiylardan biri sifatida tarixga | Muhammadali

​Yurgen Klopp eng yaxshi murabbiylardan biri sifatida tarixga kirgan, ammo uning futbolchilik faoliyati haqida nima deyish mumkin?

2016-yilda "Monday Night Football" shousida xarizmatik murabbiy juda o'rta darajadagi futbolchi bo'lganini tan olgan.

"Men juda o'rtacha futbolchi edim, tezkor va havoda yaxshi o'ynardim, lekin shuni o'zi xolos. Afsuski, to'p ko'pincha yerda o'ynaladi va bu mening kuchli tomonlarimdan biri emasdi", deydi Klopp.

Sobiq o'ng qanot himoyachisi Yurgen Klopp 11 yil o'ynagan "Maynz" klubi uchun 325 ta o'yinda 52 ta gol urgan. Klopp futbolchi sifatida hozirgi "Liverpul"da o'ynay olishiga ishonchi komil emas.

Lekin Bundesliganing YouTube sahifasida Kloppning eng yaxshi gollari bir necha million marta ko'rilgan. Siz ham tomosha qilishingiz mumkin.

Manba

Muhammadali