Get Mystery Box with random crypto!

29-mart,chorshanba. Iftorlik vaqti:19:23 (Xorazm vil.vaqti) #h | Ibn_Mahmud

29-mart,chorshanba.
Iftorlik vaqti:19:23 (Xorazm vil.vaqti)
#hadis #ramazon

Miqdom ibn Maʼdiykaribdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biringiz birodarini yaxshi koʻrsa, unga yaxshi koʻrishini bildirib qoʻysin”, dedilar».

Sharh: Musulmon kishi birodariga munosabatini “Birodar, men sizni yaxshi koʻraman”, deb bildirib qoʻyishi kerak ekan.

Bu ish oʻsha ikkinchi odamni ham eʼtiborsiz qoldirmay, ular oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning yaxshilanishiga sabab boʻladi. Natijada butun jamiyat aʼzolari oʻrtasida oʻzaro mehr-muhabbat aloqalari mustahkamlanib, keng tarqaladi.

Indamay yursa, muomala ham shunga yarasha boʻladi, hatto asta-sekin muhabbat qoʻygan odamning ham birodaridan koʻngli sovib qolishi mumkin ekan. Ammo koʻnglidagi mehrini izhor qilsa, bu munosabatlar ikki tomonlama mustahkamlanib, aloqalari rivojlanib ketadi.

Imom Termiziy keltirgan rivoyatda:

“Bir kishi boshqa kishini oʻziga birodar deb bilsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi qavmdan ekanini soʻrasin. Bu muhabbat paydo qiladi”, deyilgan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
   Шифо излаган қалблар учун
           ... ...

Якинларингизга, Дўстларингизга ҳам улашинг
     
           

  Telegram | Instagram