2021-07-19 09:08:50
Bolalar adabiyotida yozuvchilar va ijod mahsullari orasida kichik jarlik paydo bo'layotgani, uning sabablariga yechim izlash tarafdori ekanim haqida yozgandim. Ayni shu mavzu yuzasidan ko'plab ziyolilar, o'z sohasining mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida
ertaga, 17-iyul kuni soat 20:00 da kanalim orqali ovozli suhbat tashkil etamiz.
Unda
sohadagi og'riqli nuqtalar va atroflicha yechimlar haqida suhbatlashamiz. O'z taklif va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring, eng yaxshi izoh egalariga ertangi suhbatimizda so'z berishga harakat qilamiz.
Suhbatda ishtirok etuvchi spikerlar:
1. Sherzod Shermatov — Xalq ta'limi vaziri
2. Sanjar Nazar — «Akademnashr» rahbari
3. Aziza Umarova — «SmartGov Consulting» rahbari
4. Firuz Allayev — «Asaxiy books» asoschisi
5. Shahnoza Soatova — bloger
6. Axtam Ro'zimurodov — noshir
7. Saida Rashidova — yozuvchi adiba
8. Abdukarim Mirzayev — jurnalist
9. Sa'dullo Quronov — yozuvchi
10. Jahongir Po'latov — «Cambridge» o'quv markazi rahbari
11. Temurbek Adhamov — «Osmondagi bolalar» loyihasi muallifi
12. Muhammadali Eshonqulov — biznes murabbiy
13. Abdusattor Abdurahimov — IT tadbirkor
Suhbatni huquqshunos, bloger
Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan birgalikda olib boramiz.
Suhbat linki: https://t.me/alisher_sadullaev?voicechat
@alisher_sadullaev
31.1K views06:08