Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Yusuf sara she'rlar

Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_shoir — Muhammad Yusuf sara she'rlar M
Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_shoir — Muhammad Yusuf sara she'rlar
Kanal manzili: @muhammad_yusuf_shoir
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 328
Kanalning ta’rifi

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-09 18:16:34
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Аллоҳнинг раҳмати бир сизга бўлсин.
Умрингиз исломнинг нурига тўлсин.
Шукурким етказди улуғ кунларга.
Ушбу ҳайит айёми муборак бўлсин

Байрамингиз муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

https://t.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
120 viewsFazliddin Murod, 15:16
Ochish/sharhlash
2022-04-26 12:05:57
Андижонда Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 68 йиллиги нишонланмоқда

@daryo_live
1.8K viewsHamidjanovna, 09:05
Ochish/sharhlash
2022-04-26 07:35:07

1.8K viewsHamidjanovna, 04:35
Ochish/sharhlash
2022-04-26 07:34:01

1.7K viewsHamidjanovna, 04:34
Ochish/sharhlash
2022-04-26 02:13:08
26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi kuni!

O'zbekiston she'ri
Ushbu lahva: Respublika kitob oqshomi festivalidan olingan.

O'qidi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
Nurbek Qodirov

https://t.me/muhammad_yusuf_shoir
2.9K viewsHamidjanovna, edited  23:13
Ochish/sharhlash
2022-04-25 14:57:49
"Адиб хонадонидан китоб" лойиҳаси

Китобхонлар диққатига!

Oyina.uz портали сизга Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф хонадонидан совға олиш имконини тақдим этади!

Бунинг учун бугун – 25 апрель соат 17:00 да "Facebook" ижтимоий тармоғидаги “Китобхонлар давраси” гуруҳида бошланадиган викторинамизда қатнашиб, саволларга тўғри ва энг биринчи жавоб беришингиз керак бўлади. Саволлар 17:00 дан 21:00 га қадар ҳар соат бошида эълон қилиб борилади.

Саволларга энг биринчи ва тўғри жавоб берган 5 иштирокчига шоирнинг рафиқаси Назира Ассалом томонидан китоблар совға қилинади.

Ғолиблар эртага – 26 апрель соат 10:00 да Адиблар хиёбонида бўлиб ўтадиган тадбир доирасида тақдирланади.

Сизни викторинада кутамиз!

Танловда қатнашиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг.
1.4K viewsFazliddin Murod, 11:57
Ochish/sharhlash
2022-04-25 06:50:15
25-апрель - Халқаро қиз фарзанд куни.

Қиз бор уйнинг файзи бўлак, дейдилар,
Жаннат йўли — қиз бор йўлак, дейдилар.
Ўнгиримда ўғлим йўқ, деб ўксиманг,
Тоғ бўлмаса, қир ҳам тиргак, дейдилар.
Элнинг бахти ботирларга ёр бўлсин,
Оминалар, Холидалар бор бўлсин.

Қиз йўқ юртга кўкламлар сеп тўшарми?
Келини йўқ тўйлар тўйга ўхшарми?
Қизлар борки, ўлка омон, қўрғон бут,
Қиз кутмаса йигит олов кечарми?
Жонлар илҳақ, илинжлар тумор бўлсин,
Маъсудалар, Маҳзуналар бор бўлсин.

Қизи йўқнинг ойсиз хомуш осмони,
Қизи борнинг қасрдир хонадони.
Шу мунглиғу шу муштипар парвонанг,
Йигит йўлнинг, қиз кўнгилнинг султони.
Ота уйда ҳар куни баҳор бўлсин,
Мавлудалар, Маъсумалар бор бўлсин.

Эй Муҳаммад, олти оға-ининг бор,
Бирда яхши, бирда ёмон кунинг бор.
Бир кун бошинг ботар бўлса болишга,
Қизларингдан яқин яна киминг бор!!!
Совчилари эшигида зор бўлсин —
Нозималар, Мадиналар бор бўлсин.

Муҳаммад Юсуф

Жажжи фаришталар олами:
@jajji_farishtalar_uz
2.1K viewsHamidjanovna, 03:50
Ochish/sharhlash
2022-04-17 20:02:37 ​​Toshkent shaxar Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi 16-aprel kuni Respublika "Yozuvchilar Uyushmasi"ning majlislar zalida "O'zbekiston yoshlarining milliy-ma'naviy meroslari" loyihasi doirasida Muhammad Yusuf siymosi aks etgan ko'rgazma va Uzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi bilan xamkorlikda seminar hamda loyiha doirasida e'lon qilingan tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.
Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Sirojiddin Sayyid yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ular ma'naviyatini ustirish yo'lidagi sa'y-harakatlar va davlat tomonidan yosh ijodkorlarga bo'lgan e'tibor haqida nutq so'zladi.
Tadbirda O'zbekiston san'at va madaniyat institutining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Ma'rufjon Yo'ldoshev institut prezidentimiz tomonidan Muhammad Yusuf ijodini o'rganishga yo'naltirilgani, shoirning she'rlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etayotgani, institutda yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, Muhammad Yusuf ijodi qardosh xalklar, jumladan turk xalqining e'tiborini tortgani, turk tarjimonlari shoirning 200 betlik kitobini chop etishgani, kitob taqdimotiga institutdan, Respublika Yozuvchilar Uyushmasidan vakillar, shoirning oila a'zolari borib, qatnashgani, kitob barcha turkiy xalqlarga beg'araz tarqatilishi xaqida gapirib berdi.
Toshkent Davlat Sharkshunoslik Universiteti dekani Jumali Shabanov Muhammad Yusuf nomidagi fondning universitet bilan doimiy xamkorligi, loyiha doirasida, universitetda o'tkazilgan seminar va "Ulug'imsan, vatanim" filmi taqdimoti, film ijodkorlari bilan uchrashuv talaba yoshlarda katta taassurot qoldirgani xaqida batafsil gapirib berdi. Shundan so'ng
shu institut dotsenti Xayrulla Xamidov, turk tiliga Muhammad Yusuf she'rlarini tarjima qilib kitob nashr etgani, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi bilan xamkorlik, universitet talabalarining tarjimalari Muhammad Yusuf nomidagi fond muassisligidagi "Oltin qalam" gazetasida chop etib borilishi, yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda fondning xizmatlarini e'tirof etib o'tdi.
Shuningdek, tadbirda Qorakalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmon Muhammad Yusuf xaqidagi xotiralari bilan bo'lishdi. Uning she'rlarining yoshlar tarbiyasidagi o'rni xaqida ma'ruza qildi. So'ngra shoir Mirzo Karim ham shoir xaqidagi xotiralarini so'zlab berdi.
Tadbirda Sayyora Ernazarova loyiha doirasida "Muhammad Yusuf ijodi" telegram kanalida shoirga daxldor e'lon qilingan 3 ta yo'nalishdagi tanlov xaqida gapirib, tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning va 20 ta g'olibning ism-sharifini e'lon qildi.
Shundan so'ng g'oliblar grant mablag'lari va Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi mablag'lari hisobidan tayyorlangan diplom, sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tanlov g'oliblari, mehmonlar esdalik uchun suratlarga tushdilar.


Tadbir so'ngida fond raisi Nazira as-Salom fond faoliyatida Davlat grantlarining ahamiyati, fond 2 marta Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondining davlat grantini qo'lga kiritgani, 2021-yildagi ushbu grant esa Xalq deputatlari Toshkent shaxar Kengashi huzuridagi fond tomonidan ajratilgani, ushbu grant mablag'lari hisobidan fond o'zining texnik bazasini mustaxkamlashida yordam bo'lgani, shuningdek, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish yo'lidagi tadbirlarning ahamiyati xaqida ma'ruza qildi.
U yana fondning ta'lim muassasalari, jumladan TDSHU bilan xamkorligi, xamkorlikdagi tadbirlari uchun minnatdorlik bildirdi.

@Muhammad_Yusuf_ijodi
2.2K viewsFazliddin Murod, 17:02
Ochish/sharhlash
2022-03-06 12:23:23 #Diqqat
Uzoq kutilgan tanlov!

"Muhammad Yusuf" nomidagi jamoat fondi va Muhammad Yusuf ijodi telegram kanali "O'zbekiston yoshlarining milliy-ma'naviy meroslari" loyihasi doirasida "Muhammad Yusuf merosini o'rganamiz" mavzusida Respublika oliy ta'lim muassasa talabalari va yoshlar o'rtasida #tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 3 yo'nalishda:

1) Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan she'rlar;

2) Muhammad Yusufga atab chizilgan suratlar;

3) Shoir she'rlaridan tayyorlangan audio va monologlar; shaklida @Muhammad_Yusuf_ijodi telegram kanalida o'tkaziladi.

Ijodiy ishlaringizni 25-martga qadar @Muhammadmurodovxatbot manziliga ism-sharifingiz va o'zingiz tahsil olayaotgan Oliy talim muassasangiz nomini keltirilgan holda #tanlovga heshtegi ostida yo'llashingiz mumkin.


G'oliblar 31-mart kuni har bir yo'nalishdan eng ko'p ovoz ( like) olgan 2ta, eng ko'p ko'rilgan ( prasmotr) 2ta va hakamlarga ma'qul kelgan 2ta ijodiy ishlardan aniqlanadi va Muhammad Yusuf tavalludining 68yilligi arafasida diplom, sertifikat, estalik sovg'alar hamda Muhammad Yusufning she'riy to'plamlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov tashkilotchisi Nazira as-Salom.

Tarqating:

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
4.5K viewsFazliddin Murod, 09:23
Ochish/sharhlash