Get Mystery Box with random crypto!

Topbazar | Online market

Telegram kanalining logotibi muhamadali_eshonqulov — Topbazar | Online market T
Telegram kanalining logotibi muhamadali_eshonqulov — Topbazar | Online market
Kanal manzili: @muhamadali_eshonqulov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.79K
Kanalning ta’rifi

😊 Фойдали илмга тикилган сармоя, икки дунёда хам фойда беради!
Youtube kanalimiz: 👇👇
https://www.youtube.com/channel/UCNfFiESIKm1gbeY5C2IZhGw
📲 Reklama: @paragraph_ads

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2022-07-03 09:59:26
Ustoz Shifudan 100 ta dars

6-dars

Yodingda tut Panda!

Ustozim Ugvey aytardi: "Erkak kishidan oyligini, ayol kishidan yoshini so'rashmaydi.
Yigit kishi tizzasini ko'rsatib yursa barakasi qochadi. Hayo degan narsa faqat ayollarda emas, erkaklarda ham bo'lishi kerak. Ayol kishi bilan qo'l berib so'rashish odobsizlik bo'ladi."


Yana bir nozik masalaga diqqat qil Po!

O'zbek erkaklariga ''To'lishibsizmi'' desang, ba'zan maqtov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Odatda javob sifatida qorniga urib qo'yib, ''Avtoritetda bu'' deb qo'yishadi. Nima emish, ichiga tortganda bilinmasa qorinmas emish.
Qorinni oziyam ko'p. Sport bilan shug'ullanib, ixchamgina bo'lib yurish kerak. Zero to'ldirilishi mumkin bo'lgan eng yomon idish qorindir.


Lekin qulog'im tinch bo'lsin, uzoq yashay desang, hech qachon, qaytaraman heech qachon ayol kishiga ''Semiribsizmi?" dema!

Hatto sendan ikkita kelgan taqdirda ham!

Boshing omon bo'lsin Po...

@Muhamadali_Eshonqulov
2.7K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2022-07-01 15:51:23
Ustoz Shifudan 100 ta dars

5-dars


Panda, O'zbekistonda yashar ekansan, ikkita kasb egasini yaxshilab tanib ol. Yangilikning bari ularda va eng qizig'i istalgan mavzuda suhbatni davom ettira olishadi.
Bular taksichilar va sartaroshlar.

Siyosat, iqtisod, tabobat, bashorat hammasidan xabari bor.
Ular judayam samimiy, kirishimli va xushchaqchaq odamlar bo'lishadi.

Lekin ular bilan quyidagi ikkita holatda hushyor bo'l:

1. Sartaroshga borsang (ba'zilari), boshingga uzoq tikilib, ''Qanaqa qilib olamiz?'' deb so'raydi.
Sen kuyib-pishib tushuntirasan.
Lekin baribir o'zi bilganidek oladi.

2. Pitakdagi taksichilarning ''Bitta odam olamiz, srazu yuramiz'' degan gapiga ishonib ketaverma. Borsang odatda sen birinchi odam bo'lasan.

Asabni asra Po...

@Muhamadali_Eshonqulov
3.5K views12:51
Ochish/sharhlash
2022-07-01 11:51:26 Ustoz Shifudan 100 ta dars

4-dars: Mehmondorchilik

Panda!


O'zbeklar dunyodagi eng mehmondo'st xalq:

O'zlari eski idish-tovoq ishlatishsa ham, mehmonlarga yangi, chiroyli va qimmat idish-tovoq, vazalarni servantga terib qo'yishadi.
O'zlari har kuni yemaydigan noz-ne'matlarni mehmonga qo'yishadi.
Shuning uchun mehmon kelsa bolajonlarga bayram. Aniqrog'i ketsa bayram.

Panda!

Mehmonga borsang oldindan ogohlantirib bor. Yaxshilab bozorlik qil, iloji bo'lsa bir kiloday go'sht sotib ol. Chunki o'zbeklar borganingdan ovqatga unashadi.

Uyga kirsang mezbon ko'rsatgan joyga o'tir. Ahli ayoliga ko'zing tushmasin, o'zbeklar juda or-nomusi baland, hamiyatli xalq.

Mezbon oling demaguncha dasturxonga qo'l uzatma.
Sabr qil. Bilaman, qorning ochsa jahling chiqadi.

Ovqatni chiroyli suhbat bilan yegin.
Telefoningni kavlama.
Keyin Kungfu Panda 1-qismimizdagidek og'zingni to'ldirib, chapillatib yema. U paytlar hali yosh eding.
Iloji bo'lsa odatiy ovqatlanishingni o'zing tasvirga tushirib, keyin bir tomosha qilib chiq. Kamchiliklarni tashqaridan ko'rish oson. Isloh qilishing tezlashadi.

Juda qiynalsang, Yuksalishga bor. Dasturxon odobi degan darslari bor. Qoshiq, sanchqi, pichoq, likopcha, salfetkadan foydalanish-u hammasini o'rgatishadi.

Savollar bormi?

-Ustoz Shifu, bilasiz ba'zan qornim to'ymay qolishi mumkin. Shunaqa paytda nima qilaaay?

-Uni yo'li oson. Mezbonga ''Ovqat biram ajoyib bo'libdi! Bay bay bay, anchadan beri bunaqa shirin taom yemagandim'' desang, mezbon ''Yana quyib kelishsinmi?'' deb so'raydi.
Shunda uyalibgina ''Qanday bo'larkin'' deb qo'yasan.

O'zbeklar juda farosatli xalq.
Avvalo qorningni ko'rib, kattaroq kosaga suzib kelishsa kerak.

#UstozShifu

@Muhamadali_Eshonqulov
2.5K views08:51
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:48:57
Biz tomonlarda bir ajoyib odat bor...

Rasmiy telegram kanali:
@Muhamadali_Eshonqulov
2.5K views07:48
Ochish/sharhlash
2022-06-29 08:35:06
Ustoz Shifudan 100 ta dars

3-dars: Mentalitet


Panda!

Agar senga kimdir suhbat oxirida ''Uyga o'ting! Choylashamiz!'' desa go'llik qilib orqasidan uyiga borib yurma.

O'zbeklarning ''Bir choy qiberay, bafurja o'tirardik'' degani, ''Gapim tugadi, endi bizga ruxsat'' degani.

Tushundingmi?!

- Endi tushundim Ustoz.

- Tushungan bo'lsang uyga o't, bir choylashamiz.

@Muhamadali_Eshonqulov
4.5K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2022-06-28 08:20:23
Ustoz Shifudan 100 ta dars

2-dars
: Tarmoqdagi firibgarlar

Panda!

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansan, har har zamon Tanzaniyadan tog'ang, Tailanddan amaking, Madagaskardan esa katta xolang paydo bo'lib qolishi mumkin:

-Salom Panda!
Sizni topish oson bo'lmadi.
Men Madagaskardagi Katta xolangizning advokati bo'laman. Xolangiz vafot etdi va 1,2 million dollar pulini Sizga vasiyat qilib ketdi.
Visa card yoki hisob raqamingizni jo'natib, ozgina pul o'tkazish foizlariga xarajat qilsangiz
Bla bla bla...

Ikkala qulog'ing bilan eshitib ol Panda!
Agar go'llik qilib nefrit saroyimizning hisob raqamini, berib, tranzaksiya uchun pul o'tkazib yoki shaxsiy ma'lumotlar berib yuboradigan bo'lsang, o'sha kuniyoq seni Ganalik tobut ko'taradigan amakilaringga topshirib yuboraman!

Sodda bo'lma.
Ular qip-qizil firibgarlar.

Rasmiy telegram kanali:
@Muhamadali_Eshonqulov
3.7K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-06-28 06:20:15
Bunday millat hech qachon kuchli bo'lolmaydi...

Rasmiy telegram kanali:
@Muhamadali_Eshonqulov
3.2K views03:20
Ochish/sharhlash
2022-06-27 20:16:25
Talablarga binoan 2 yil avval yozgan Ustoz Shifudan "Farosat darslari"ni e'tiboringizga havola qilib, in shaa ALLOH 100 taga yetkazib qo'ymoqchiman.
Demak boshladik:


Ustoz Shifudan 100 ta dars

Panda!


Sen O'zbekistonda yashar ekansan, men senga o'rgatadigan 100 ta darsni mukammal egallashing kerak.

1-dars

Agar senga kimdir "10-15 daqiqalarda yoningizda bo'laman" desa, aytgan vaqtini bir biriga qo'shib kut.
Uning kelishiga kamida 10+15=25 daqiqa ketadi.

"Yarim soat, bir soatlarda kelaman" desa, bu bir yarim soatda kelaman degani.


Asabni asra Po...

Rasmiy telegram kanali:
@Muhamadali_Eshonqulov
3.5K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-06-26 15:35:12
3.4K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-06-23 22:56:45
JUMANING FAYZ-U BAROKATI SIZGA VA AHLINGIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN!

ALLOH TA'OLOning salomi,
Payg‘ambar ﷺning duolari,
Qur’oni Karimning nuri va fayz-u barakotli Jumaning tarovati kun davomida siz bilan birgalikda bo‘lsin!


Salovot aytishni unutmang:
SOLLALLOHU ALAYKA YAA ROSULALLOH

@Muhamadali_Eshonqulov
6.1K views19:56
Ochish/sharhlash