Get Mystery Box with random crypto!

Mezonning ikki pallasi barobar kelib, savob pallasi og‘ir kelm | Muhabbat oyatlari🕊️

Mezonning ikki pallasi barobar kelib, savob pallasi og‘ir kelmasa, Alloh taolo: "Bu na Do‘zaxiydir va na Jannatiydir”, deydi.

Shunda bitta farishta bitta sahifa olib kelib, gunoh pallasiga qo‘yadi. Unda bitta “Uf” kalimasi yozilgan bo‘ladi. Shunda gunoh pallasi savob pallasidan og‘ir keladi. U odam shu sababli do‘zaxga hukm qilinadi. Ikki tarafga mo‘ltirab qaraydi. Alloh taolodan o‘zini chaqirishni so‘raydi.

Alloh taolo uni chaqiradi va deydi: “Ey osiy banda! Nega seni chaqirishimni so‘rading?”

U banda: "Ey Robbim! Ota-onamga osiy bo‘lganim uchun do‘zaxga ketayotganimni angladim. Ularning azobini menga qo‘shgin-da, ularni do‘zaxdan ozod qil!” deydi.

Shunda Alloh taolo: "Ota-onanga dunyoda osiy bo‘lding. Oxiratda esa ikrom qilding. Ularning qo‘lidan yetaklab, jannatga olib bor!" deb marhamat qiladi.

Imom G‘azzoliy "Qiyomat va oxirat"