Get Mystery Box with random crypto!

Insonning dardini eshitish oson emas a? Degan savolni ko'pch | Muattar Musayeva

Insonning dardini eshitish oson emas a?

Degan savolni ko'pchilik yaqinlarim berishadi, ammo agar inson o'z sohasini sevsa, bu unga zavq bag'ishlaydi. Har bir insonning muammosini ildizini ong ostidan izlayotib, o'zimni xuddi inson miyasiga sho'ng'ib olib, allanimalarnidir titkilayotgandek his qilaman. Ammo bu menga zavq bag'ishlaydi.

Misol uchun: Bir ayol oilasida h deb janjal bo'lishini va har safar eri bilan ajrashishga axd qilishini aytdi, ammo ich ichidan buni xohlamaydi. Lekin uyda janjal tugamaydi.

Va u ayolni raskopka qilganimizda u ayol yosh qizcha vaqtida o'z akasi unga teginadi va bu qizchada bir umr aybdorlik hissi bo'ladi va yaxshi turmush o'rtog'iga o'zini loyiqmasdek his qilib, ong osti darajasida janjalni o'zi hayotiga tortib oladi va shu orqali ongsiz ravishda erini o'zidan itarishini angladi. Hozirda ular baxtli

Ko'pchilik o'ylaydiki, psixologiya bu 1 soat inson bilan suxbatlashib, mazza qilib pul topadi deb, ammo bu shunchaki suxbat emas. Bu suxbat orqali inson dasturlari o'zgaradi. Bu insonni dasturlash.

Qiyin paytlar ham bo'ladi, ammo men o'z yo'nalishimni yoqtiraman va uning barcha qirralarini yoqtiraman

Yo'nalishimda menga eng ko'p yoqadigan narsa, bu insonni yillab ko'tarib yurgan va butun hayotidagi baxtsizliklarga sabab bo'layotgan dasturlarni olib tashlash!

Aslida esa psixologiya bu mo'jizaga o'xshaydi. Dastur o'zgaradi, voqelik o'zgaradi. Mazza

@Muattar_Musayeva