Get Mystery Box with random crypto!

​#kulgu_time Otpusknoy tushdi! Ayolning telefoni lolarang p | Boshlang'ich ta'lim

​#kulgu_time

Otpusknoy tushdi!

Ayolning telefoni lolarang pushti,
Birdan unga "ting" etib sms tushdi,
Shunda uning xayoli boshidan uchdi,
Ko‘rdi-yu, shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!

Bir yillik charchoqlar unut bo‘ldi-ya,
Qahqahadan hovlisi nurga to‘ldi-ya,
Ovsini-chi alamdan rosa "o‘ldi-ya",
Ayolning shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!

Ayni dam u oilada "toparmon" kelin,
Qaynonasin oldida g‘oz tutar belin,
Yori ham xush qarab, shod etar dilin,
Ayolning shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!
Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram