Get Mystery Box with random crypto!

Muharram oyi qanday oy? Muharram oyi – musulmonlar taqvimining | Muallima Ona

Muharram oyi qanday oy? Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Alloh taolo urush, qon toʻkishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqaʼda, Muharram, Rajab) toʻrt oyning biri boʻlib, uning oʻninchi kuni yaʼni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.

Ashuro qanday kun? Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda roʻza tutgan. Men Musoga koʻproq (yaqin boʻlishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda roʻza tutib, odamlarni ham uning roʻzasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ashuro kuni roʻza tutish oʻtgan bir yillik gunohlarga kafforat boʻladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining roʻzasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat boʻladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Manba:
https://xs.uz/uz/post/muharram-oji-kirib-keldi-bu-ojning-qandaj-fazilatlari-bor

https://t.me/muallima_ona