Get Mystery Box with random crypto!

Muzaffar Murodovich

Telegram kanalining logotibi mu0323 — Muzaffar Murodovich M
Telegram kanalining logotibi mu0323 — Muzaffar Murodovich
Kanal manzili: @mu0323
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-28 20:09:03 Broken

Bundan 12 soatcha oldin oʻng oyogʻim sindi.
Nogiron insonlar qanchalik qiynalib ibodat qilishlarini his qilayapman.
Turmushim boʻlganida unchalik qiynalmasdim .
Ham yaxshi ham yomon tarafi 1 oy uyda yotaman.
3 viewsMuzaffar Murodovich , 17:09
Ochish/sharhlash
2022-08-28 02:23:21 Asosiy stol kompyuterimni avgust oyida 30 daqiqacha ishlatdim.
9 yildan beri bunaqa katta tanaaffusga uchramagandi. (bechara)
Laptop ishlatish zavqi oʻta yoqib qoldi. Yaqinda yana laptop olaman plan bajarilsa )
3 viewsMuzaffar Murodovich , 23:23
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:46:42 Kompyuterni oz-moz bilishimni, abt.uz'da analiz qila olishimni biladigan tanishlarim koʻrib berishimni soʻrashgandi.
Deyarli 1 yarim soat davomida shaxsiy xabarlar, smslar, qoʻngʻiroqlar tinmadi (bu bilan oʻzimni oʻrinli, boshqalar uchun kerakli inson sifatida koʻrsatmoqchi emasman). Koʻpchilikni koʻrdim, kirishgan.

Bu menga "kayf" bagʻishlab yubordi.
3 viewsMuzaffar Murodovich , edited  19:46
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:22:45 Rus adibi Maksim Gorkiy "Muhabbatsiz oilada tug'ilgan farzandlar o'likdirlar" deb aytgan ekan.

Menimcha, biz o'liklar jamiyatida yashaymiz.

Litseyda o'qib yurgan chog'imda bir ustozimdan eshitgan edim: Yaponlar ma'lum bir muvaffaqiyatga erishib, keyin farzandli bo'lish payiga tushar ekan. Toki tug'ilajak farzand qonida ota-onasining Muvaffaqiyatga erishish potensiali ustun bo'lsin.
Rasm internetdan olindi

Salohiddin Ayyubiy yoki Imon A'zamlarning ota-onalari haqida ko'pchilik eshitgan. Ularning ham ota-onalari aynan muhabbat va qat'iyat ustida oila qurishgan (menimcha). Ammo bugungi hayotimizda erkak jinsiga mansub bo'lganimiz va allaqaysi yoshga yetganimiz tufayli sun'iy holatda qashshoqlashtirilgan, shuningdek, davlatga mute' tarbiyalangan yigitlar qaysidir jinsiy va moddiy belgilari to'g'ri kelayotgani uchun oila deb atalgan to'da vakiliga aylanishadi. Bu borada qizlarni misol keltirib bo'lmasligini bilasiz. Qizlardan so'ralmaydi, ularning ixtiyori inobatga olinmaydi, ko'ngil degan narsa xayolda ham yo'q...

Endi tasavvur qiling, shunday juftlik birga yashayapti. Ular sevishib ketadimi?

Aslida, ko'nikishadi. Xuddi boqib olingan it egasiga qanday bog'lanib qolsa, er kishi ayoliga, xotin esa eriga bog'lanib qoladi. Xo'sh, nega ko'nikib ketishadi?
Nega sevgisizlik oilalarning barbod bo'lishiga olib kelmayapti?

Chunki orzu niyat ortidan emas, yillar davomida tartibga solinmagan jinsiy mayllarni qondirish vositasiga aylangan oilada farzand deb atalmish aybsiz aybdor tug'iladi. Qiz tug'ilsa, ota birinchi sevgilisining ismini qo'yadi, o'g'il tug'ilsa, onaning birinchi muhabbati bilan atalishi mumkin. Bunday holatlar yo'q emas.

Ey odamzod zuryodi,
- deydi shoir Iqbol Mirzo. Otaning hirsi oshgani uchun tug'ilaveradigan bu farzandlarni katta qilish boyagi juftlikni bir-biriga bog'lab qo'yadi. Menimcha, bunday er-xotinda bir-biriga muhabbat (ya'ni o'zligidan kechar darajada fidoiylik) hissi bo'lmaydi. Ularda o'ziga nisbatan ishonch bo'lmaydi.
Chunki "Men ota-onamga qarshi borolmayman" deyish aslida "Men hech kimman!" deganidir.

Bunday juftlikning farzandi qanday qilib o'ziga ishonch bilan tug'ilsin. Axir otasining hayotini bobosi hal qilgan. Bu farzandning ham hayotini otasi hal qiladi... Mana shu sikl aylanaveradi-aylanaveradi... Oxiri jamiyatimizda bir-birini tushunish, fidoiylik, mehr-muhabbat yo'qolib boraveradi.
Akrom Malik bu borada bir hazil aytgan edi: Birinchisini ota-ona tanlagani ma'qul...

Bu xuddi bitta Damas olishga puli yetmaydigan odam kreditga ikkita Gentra mashinasi olganiday gap, deb o'ylayman. Yana bilmadim.
Feysbuk postlarining har uchtasida uylanolmay qiynalayotgan yigitlarning oh-vohlarini ko'rib turibsiz. Bugungi kunda bitta qiz uzatish uchun 30-35 millionlab pul ketadi. Uylanish uchun bilmadim qancha... Qizig'i shundaki, shuncha sarf xarajat bilan to'yni o'tkazishadi, ammo u xarajatlarning birontasi juftlikning keyingi hayotida ahamiyat kasbetmaydi. Buning oqibatida uylanishga tayyor emasman degan hadik shakllanib ulgurgan yigitlarda.

Aslida, mana shu xarajatlar bizning muhabbatimizni o'ldirib kelmoqda. Oila tomonlarning roziligi bilan emas, imkoniyati bilan, iqtisodi bilan barpo etilayotir.

Eng qizig'i boshimiz uzra tug'on devori yorilib turganini ko'rib turibmiz, ammo tug'on yorilyapti-tug'on yorilyapti deb baqir-chaqir qilishdam nariga o'tolmay shunday yashayapmiz.

Alloh isloh qilsin

Manba
5 viewsMuzaffar Murodovich , 17:22
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:19:50 Kitob

Yil boshidan 8 ta kitob oʻqibman. Kitob oʻqimayotganimga esa 2 oydan oshibdi. Asosiy sabab podkast eshitishni boshlaganim boʻlsa kerak).

Kelgusi rejadagilari:
1. Diqqat (Kel Nyuport)
2. Tasodif bilan aldanganlar (Talib Nassim)
5 viewsMuzaffar Murodovich , edited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:48:46 Joynomoz qoidasi.

Bundan ancha oldin AKM (manaviyat deyiladi odatda)ga kitobga borgandim. Kitob olayotganimda bir roʻmolli qiz kutubxonachi opadan
-Falonchi opa bormidilar? -dedi.
-Yoʻq. Nega kerak edi? - deb taajjublandi.
-Nomoz oʻqishga joynomoz kerak edi, shunga soʻradim, - deb aytdi.
Oʻshanda joynomoz olmaganimga afsuslandim, bor boʻlganida shartta berardim (xuddi biron narsani hal qilib yuboradigandek edim).

Oʻzim bilan har doim va har yerda joynomoz olib yurardim. Oʻsha safar olmagandim, Davronbek Turdiyevning joynamoz qoidasiga amal qilmagandim. Ehhh yoshligim........
2 viewsMuzaffar Murodovich , edited  17:48
Ochish/sharhlash
2022-08-20 03:29:40 Instagram o‘chirildi. Topshiriq bajarilganidan keyin qayta kiriladi
2 viewsMuzaffar Murodovich , 00:29
Ochish/sharhlash
2022-08-11 00:48:53 Channel name was changed to «Muzaffar Murodovich»
21:48
Ochish/sharhlash
2022-08-11 00:38:03 Menimcha 2 yildan beri huvullab qolgan 4 yoshli kanalni yuritishni bugun boshlasam kerak.
6 viewsMuzaffar Murodovich , edited  21:38
Ochish/sharhlash
2022-04-12 03:17:12 Ayrim sabablarga ko‘ra ko‘plab postlar o‘chirildi
14 viewsMuzaffar , edited  00:17
Ochish/sharhlash