Get Mystery Box with random crypto!

Testga kirish uchun toʻlov bugun soat 18:00 ga qadar uzaytiril | MTS

Testga kirish uchun toʻlov bugun soat 18:00 ga qadar uzaytirildi

Kecha abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlandi.

1 oy davomida onlayn roʻyxatdan oʻtgan va taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 mln 214 ming 232 nafarni tashkil etdi.

DTMning xabar berishicha, 27-iyul kuni (qabulning soʻnggi kuni) ham koʻplab abituriyentlar onlayn roʻyxatdan oʻtgan va aksariyati toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qoʻshimcha imkoniyat berildi.

Unga koʻra test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun, 28-iyul kuni soat 18:00 qadar toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

Test sinovlari uchun toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

@mts_edu_admin
+998977300073