Get Mystery Box with random crypto!

​#Shunchaki #poem #poetry ​​Yaxshi koʻrishim... Ovozimni yo | ⚜Functional.uz⚜ | Official

#Shunchaki #poem #poetry

​​Yaxshi koʻrishim...

Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam koʻrinib turmas ularga,
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

Yomon sharoitda unmaydi urugʻ,
Bu gap oʻsimliklar ilmiga oid.
Men sening haqingda oʻylashim uchun,
Faqat ich-ichimda bordir sharoit.

Betob edim bir zum koʻzimga boqib
Shifokor tekshirdi yurak urishim.
Ich-ichimni yorib bilmadi jarroh
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

Hali manzilingni aytmading durust,
Aytmadim oʻzimning qayda turishim.
Ishqilib Xudoga ayon boʻlsin-da,
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.