Get Mystery Box with random crypto!

#night #maktub Allohning menga bergan omonatisan, bilasanmi? | Muhammadqodir Sayidov

#night #maktub

Allohning menga bergan omonatisan, bilasanmi? Qiyomatda ham Alloh sen haqingda mendan so'raydir bilasanmi?

Payg'ambarim mo'minning komilligini ayoliga qilgan muomalasiga qarab o'lchar edilar. Ayt-chi sal bo'lsa ham o'xshab ketamanmi Rasulullohga?

Mana shu jajji qo'lingni mahkam ushlasamda, kaftlarim orasidan gunohlarim yomg'irday to'kilsa...

Senga termulsamda, g'amlarimni unutsam! Agar sen xohlagandek bo'la olmayotgan bo'lsam, uzrimni qabul et.

Bilasanmi, Rasulullohning muborak og'izlariga kirgan oxirgi narsa nima edi? Sevgilisi Oyishaning tupuklari edi...

Agar men ham shunday muhabbatli bo'lolmasam, uzrimni qabul et! Rasululloh tuyada kelayotgan Oyishaga ishorat qilib, sahobasiga aytar edilar, billurimni ehtiyot qil.

Sen billurga qo'lim-la ozor bersam, meni afv et!
Balki sen-la dunyo kezolmasman, balki seni dunyoning harir matolari ila bezay olmasman, lekin, lekin... hadis aytsang, jon deb aytishaman.

Rasululloh uyga kirishdan oldin eshik oldida to'xtab, og'izlariga misvok surtardilar va kirib ayollarini o'par edilar,

Rasululloh Safiyani tuyaga chiqarish uchun muborak tizzalarini uning oyoqlariga ostiga qo'yib chiqarib qo'ydilar.

Bilmam, menda shunday sevgi bormikan? Yo Alloh, Rasulullohga hech bo'lmasa hayotlarining bir jabhasida o'xshashni nasib qilgin

Muhammadqodir

@mq_mulohaza