Get Mystery Box with random crypto!

Tarix va Kelajak

Telegram kanalining logotibi moziyrgn — Tarix va Kelajak T
Telegram kanalining logotibi moziyrgn — Tarix va Kelajak
Kanal manzili: @moziyrgn
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.42K
Kanalning ta’rifi

❇️ 15 talik testlar
❇️ 30 talik testlar
❇️ 105 talik blok testlar
❇️ Audio darslar
❇️ Xaritali, rasmli testlar
"Regbooks" nashriyoti
Takliflar: @NurmurodEshnazarov ga murojaat 998909634394

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 13:35:06 8-avgust tushgan savollar (2-smena)

1. “Mard o’g’lon” mukofoti qachon ta’sis etilgan?
Javob: 2017
2. Buxoro amirligida bosh vazir nima deb atalgan?
Javob: qo’shbegi
3. Xivaning so’nggi xoni kim?
Javob: Said Abdulla
4. XVI asrda qurilgan Shayboniyxon madrasasi qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Samarqand
5. 2014-yilda ishlab chiqarish boshlangan mashina qaysi?
Javob: Orlondo
6. Qadimgi manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boruvchilar kim?
Javob: Arxeologlar
7. Quyidagi qaysi sulola Qo’qonda hukmronlik qilgan?
Javob: ming sulolasi
8. Qiziltepa, Sopollitepa yodgorliklari qayerda joylashgan?
Javob: Surxondaryo
9. 1910-1920-yillarda Buxoro amiri kim?
javob: Sayid Olimxon
10. 2010-yil yurtimizda qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: barkamol avlod yili
11. Moskva shahri mudofaasida qatnashib "Qizil Bayroq" ordenini olgan jangchi kim?
Javob: Zebo G'aniyeva
12. Amir Temur Anqara jangida kimning qo'shinlari ustidan g'alaba erishdi?
javob: sulton Boyazid

Kanal manzili: @Tarixologiya
564 viewsMr. Nurmurod, 10:35
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:38:03
Diqqat! Registon o'quv markazi malakali ustozlarni ishga taklif etadi! Maosh: 21 mln so'mgacha!

Do'stlar, biz ta'lim berishning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqdamiz! Respublika bo'ylab keng miqyosda "Registan LC" filiallari ochilayotgani munosabati bilan eng malakali, jonkuyar ustozlarni hamkorlikka taklif etamiz:

Talablarimiz:

Yosh chegaralanmagan;
O'z ishiga mas'ulyatli;
O‘z fanini sevadigan, jonkuyar;
Zamonaviy o‘qitish usullaridan xabardor;
IELTS 7.0+ (ingliz tili ustozlarga);
Tajribasi kamida 2 yil (repetitorlik);
O‘zbekchani mukammal bilish, rus va ingliz tili bo'lsa yana yaxshi.

Biz quyidagilarni kafolat beramiz:

Ajoyib va pozitiv jamoa;
Shinam va zamonaviy xonalar;
Karyera qilish imkoni;
Maoshni muntazam oshirish;
Malaka oshirishga imkoniyat yaratish;
Master klasslar, treninglar:
Ish haqi miqdori: 2—21mln

Biz bilan bir maqsad sari borishga tayyor bo‘lsangiz, anketani to'ldiring:

Maxsus anketani to'ldirish

Qo'shimcha savollar uchun:
— @RgnHR
— +998971962700
683 viewsMr. Nurmurod, 14:38
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:07:33 #Xronologiya
IX asr
IX asr-Ziryab yashagan davr.
IX asr-Bag`dodda,, Bayt ul-hikma” tashkil etildi.
IX asr-Buxoro,,Qubbat ul islom “ deb atala boshlandi.
IX asr-Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi ochildi.
IX asr – Arab xalifaligidan Misr, Eron, Movarounnahr, Xuroson mustaqillikka erishdi
IX asr-Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam - jonli turkiy til muhiti vujudga keldi.
IX asr o’rtalari – Kirill va Mefodiylar Yunon alifbosi asosida Slavyan yozuvini yaratishdi
IX asr boshlarida – Bolgariya yirik davlatga aylandi
IX asr birinchi yarmida –Parxe davlati yirik davlatga aylandi.

@MoziyRGN
616 viewsMr. Nurmurod, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:07:33 O'rta asrlarda Fransiyaning markazlashuvida qo’shib olingan hududlar
Lyudovik VI - Buij va Sans shaharlari, Akvitaniya gersogligi
Filipp II - Normandiya, Tuluza grafligi
Filipp IV - Shampan grafligi, Lion viloyati va shahri
Lyudovik XI - Bretan va Anju gersogliklari, Burgundiyaning g'arbiy qismi, Provans viloyati va Marsel porti
Karl VIII - Bretan gersogligi

@MoziyRGN
577 viewsMr. Nurmurod, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:07:33 #ATAMA

“Muqanna”, ya’ni “Niqobdor”

Xutba — juma namozida hukmdor nomini aytib,uning haqiga duo o‘qish, olqishlash

G‘oziy — Haq din uchun kurashuvchi jangchi

Madrasa (arabcha – o‘rganmoq) – musulmonlarning o‘rta va oliy o‘quv yurti

Vazir – devonxona boshlig‘i, bosh vazir

Ulamo – din olimlari

Hojib – harbiy unvon

Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona

@MoziyRGN
512 viewsMr. Nurmurod, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:07:33
Kamollidin Behzod  (1455—Hirot— 1536)—buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. "Ikkinchi Moniy" degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan.

@MoziyRGN
467 viewsMr. Nurmurod, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:07:33 QADIMGI DUNYO TARIXI QO'ZG'OLONLARI

Mil. Avv 206 yil Sin sulolasiga qarshi dehqolar quzg'oloni Unga Lyu Ban boshchilik qilgan.
Quzģolonchilar poytaxtni egallab Sin sulolasi hukmronligini tugatib yangi Xan podsholigiga asos soladi.
Milodning boshlarida Xitoyda qizil qoshlilar quzģoloni buladi.
IIasrda Xitoyda "Sariq ròmollilar" eng yirik isyon buladi Quzģalon butun mamlakatni qamrab oladi Quzģolonni hukmdorning yaxshi qurollangan va harbiy talim kurgan qushini bostiradi.
Mill avv 522 yilda Marģiyonada Fors istilochilariga qarshi yirik quzģolon buldi Unga Frada boshchilik qiladi Quzģolon hal qiluvchi jang mil avv 521 yil buladi Frada asr olinib qatl etiladi.
Mil avv 74-71 yillada Spartak boshchilgida qullar quzģoloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan quzģolon bulgan. Hal qiluvchi jang mil avv 71 yil bahorida buladi bu jangda Spartak halok buladi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oraligidagi yul buylaridagi xochlarga mixlab tashlanadi.

@MoziyRGN
478 viewsMr. Nurmurod, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:28:26 (9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida)

1866-yilda Toshkentda mahkama joriy qilingan;

1871-yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzilgan;

1867-yilda Turkiston harbiy okrugi tuzilgan;

1867-yil Toshkentda meteoroligiya stansiyasi tashkil etilgan;

1870-yil Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etilgan;

1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etilgan;

1877-yilda Toshkentda Duma tashkil etilgan;

1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos solingan;

1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan;

1886-yilda Turkiston general-gubernatorligi Kengashi tuzilgan;

1886-yilda Turkiston o’lkasida uchastka mirovoy sudlari tuzilgan;

1886-yilda Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tuzilgan;

1893-yilda Buxoroda birinchi jadid maktabi ochilgan;

1895-yilda Arxeologiya havaskorlari to’garigi tashkil etilgan;

1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochilgan;

1898-yilda Turkiston o’lkasida viloyat sudlari o’rnida okrug sudlari tuzilgan;

1898-yil Toshkent sud palatasi tuzilgan;

1898-yilda Qoʻqon shahrida Salohiddin domla jadid maktabini ochgan;

1899-yil Andijonda Shamsiddin domla jadid maktabini ochgan;

1899-yil Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochgan;

1909-yilda “A-Meta” sindikati tuzilgan;

1910-yilda Buxoro shahrida “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) jamiyati tashkil etilgan;

1914-yil Toshkentda “Turon” truppasi tashkil etilgan;

1916-yil Qo’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etilgan;

1917-yilda “Sho’roi Islomiya”, “Ittifoq” tashkilotlari tuzilgan;

1917-yil Toshkentda “Musulmonlar markaziy sho’rosi” tuzilgan;

1920-yil Toshkentda “Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurisi” tuzilgan.

Muallif: O'rol Amirov
697 viewsMr. Nurmurod, 16:28
Ochish/sharhlash
2022-08-07 11:25:57 Qabristondagi eng boy odam bo‘lish men uchun muhim emas. Nimadir ajoyib ish qilganligimizni ta’kidlab uyquga yotish men uchun ahamiyatli". Stiv Jobs

Apple
. Bu kompaniyani eshitmagan odam bo'lmasa kerak. Stiv Jobs va uning do'sti Voznyak asos solgan bu kompaniya texnologiya davrining revolutsiyasi sifatida tan olinadi. Jobsning asosiy maqsadi, insonlarga uzoq muddat manfaat keltiradigan kompaniya barpo qilish bo'lgan. Bu kompaniyaning smartfonlari iPhone nomi bilan ko'pchilikning mehrini qozongan.

Smartfonlar bozorida iPhonening ulushi 15 foizni tashkil qiladi. Eng hayratlanarlisi shuki, dunyodagi barcha smartfonlar bozoridan tushadigan foydaning 80 foizi aynan Apple ga tegishli. Hozirda bu kompaniyaning yillik daromadi 274.5 milliard dollarni tashkil qiladi.

iPhone smartfonlarining operatsion sistemasi haqida gapiradigan bo'lsak, alohida iOS degan nomga ega. iOS dasturchilariga talab, magazinda sifatli narsa sotib olish uchun navbat kutayotgan haridorlar kabidir. Chunki iOS dasturchilar judaham kam, oylik daromadlari esa shunchaki $2000 atrofida.

Maslahatimiz, siz ham iOS dasturchisi bo'lishga harakat qilib ko'ring. Maqsadingiz insonlarga foyda keltirish bo'lsin.
617 viewsMr. Nurmurod, 08:25
Ochish/sharhlash
2022-08-06 15:12:18
ONLAYN TEST!

Imtihondan oldin bilmingizni sinash maqsadida barcha fanlardan test.

Hurmatli abituriyentlar, kanalimiz obunachilari! Yakshanba kuni, 20:00-23:00 da kanalimizda onlayn test bo'lib o'tadi! Tayyor bo'lib turamiz! Demak:

Test qachon bo'ladi? 7-avgust

Imtihon shakli qanaqa bo'ladi: online

Qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?: Barcha fanlardan

Test soat nechada bo'ladi? 20:00-23:00

Test qaysi tilda bo'ladi? O'zbek tilida

Test javoblar qaysi botga yuboriladi? @rgn_test_bot da

Test PDF ko'rinishida kanalga tashlanadi.

POSTNI MAKSIMUM TARQATISHGA HARAKAT QILING! QOLGANLAR HAM BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHSIN!

Murojaat uchun:
+998909512700

Test bo'ladigan manzil:
@Registan_chilanzar
690 viewsRegiston Uchtepa | Adminstrator, 12:12
Ochish/sharhlash