Get Mystery Box with random crypto!

YOMON GUMONLARDAN O‘ZINGIZNI ASRANG... «Hozirgina onlayn eding | "𝓜𝓸𝔂𝓪 𝓓𝓾𝓷𝔂𝓪"🍃

YOMON GUMONLARDAN O‘ZINGIZNI ASRANG...
«Hozirgina onlayn eding, menga javob yozmading!» degan gap ajablantiradi.

«Onlayn»
Bu ibora odamlarning bir - birlariga ishonchlarini so‘nishiga sabab bo‘lmoqda.

Nimaga biz uzrli sabab qidirmaymiz?

Ehtimol vaqtim tig‘izdir. Banddirman! Yoki qaysidir yaqinim bilar gaplashayotgandirman! Uxlab yotgandirman, telefonimni yaqinlarim o‘ynayotgandir. Adashib tarmoqqa kirgandir...Balki, kim bilandir qizg‘in bahs olib borayotgandirman...
«Onlayn» ekanligim, bu sizni kutib o‘tiribman degani emas!
«Onlayn» ekanligim, kontaktimda faqat siz borsiz, degani emas!
«Onlayn» ekanligim sizni ko‘rib turib, ko‘rmaslikka olyapman degani emas!
«Onlayn» ekanligim, siz bilan gaplashish uchun fursatim bor degani emas.

Yana boshqa ibora «last seen» (oxirgi bor kirgan, ko‘ringan)...
Siz nimadir yuborsangiz, men uni ochib qaramasam, «qachon kiribdi?» deb darrov titmang! Bilmaysizku, ehtimol kirgan bo‘lsam ham ko‘rishga ulgurmagandirman!

Ko‘nglingizni tozalang! Uzr qidiring! Boshqalar bilan o‘zaro rishtangizni zaif sanab, shaytonning vasvasalariga uchmang! Aynan «Onlayn» sabab qanchadan - qancha qalblarga darz yetdi, aloqalar uzildi, ko‘ngillar bir - biridan uzoqlashdi!?

Bas «Chiroyli gumon qiling!» shuning o‘zi kifoya!