Get Mystery Box with random crypto!

#amaliy_mashq ​​​​Imkoniyatlaringni ehtiyojingga emas, rivojl | MOTIVATSIYA_PSIXOLOGIYA_AFORIZMLAR

#amaliy_mashq
​​​​Imkoniyatlaringni ehtiyojingga emas, rivojlanish uchun sarfla !

Sizga bugun berilgan Imkoniyat boshqa berilmasligi mumkin.
Shunday paytlar bo'ladiki imkoniyatimizni shunchaki sarflab yuboramiz. Yoshlikda vaqtimiz va kuchimiz ko'p, ularning qancha qismini rivojlanish uchun sarfladik ?
Ulg'aydik, mablag'imiz bor, uning qancha qismini rivojlanish uchun sarflayapmiz ?
Qadrdonim, ko'z ochib yumguncha keksayamiz (nasib etsa) ham, ammo, u paytga kelib bizda bugungi kunimizdek imkoniyatlar bo'lmaydi. Umri oxirlab qolgan odamdan, qaytadan yosh bo'lib qolganda qanday yashashini so'rasangiz, qo'ldan boy berilgan imkon nimaligini tushunasiz.

Imkoniyatlarimizni ehtiyojimizga
emas, rivojlanish uchun sarflaylik!


Kanalimizga obuna bo'ling!


@Motivatsiya_psixologiya_status