Get Mystery Box with random crypto!

Men ringda Amerika uchun jang qildim va Amerika uchun oltin me | MOTIVATSIYA_PSIXOLOGIYA_BIZNES_KUNDALIGI

Men ringda Amerika uchun jang qildim va Amerika uchun oltin medalni oldim. O‘sha kuni restoranga kirib, buni nishonlashni istadim, ammo amerikaliklar meni restorandan quvib chiqarishdi. “Qora tanlisan”, deb menga ovqat berishmadi. Alam bilan sohilda kezar ekanman, Amerika uchun olgan oltin medalni daryoga uloqtirdim.
Masjidga kelib qoldim va u yerda oq tanli bilan qora tanli bir safda o‘tirganini, bir-biri bilan og‘a-inidek suhbatlashishayotganini, birga namoz o‘qib, keyin bir-birini bag‘riga bosayotganini ko‘rdim. Men Islomni qabul qilishimni aytdim. Imom menga shaxodat kalimasini o‘rgatdi.
- Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad sallollohu alayhi vasallam uning quli va elchisi ekaniga guvohlik beraman!
Men chempionlik shohsupasida turib, yig‘lamagandim, hozir yig‘ladim. Chempionligimdan ko‘ra hozir buyukroq martabada turganimni his qilib, yig‘ladim…

Muhammad Ali


@motivatsiya_psixologiya_biznes