Get Mystery Box with random crypto!

​​ Davlat gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning mil | 𝕄𝕠𝕥𝕚𝕧𝕒𝕥𝕤𝕚𝕪𝕒 ️️🏆

​​ Davlat gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va boshqa belgilari oʻz ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri "Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi qonun (1992 y. 2 iyul)da tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinadi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!
@Motivativeyourself79