Get Mystery Box with random crypto!

Faraday Future startapi nihoyat FF 91 krossoverini sotishni bo | №1Moshinabozor| МОШИНА БОЗОР

Faraday Future startapi nihoyat FF 91 krossoverini sotishni boshladi, uning prototipi 2017 yilda namoyish etilgan edi. Mashina Ferrari, Maybach, Rolls-Royce va Bentley'ga raqobatchi sifatida ko’rilmoqda, ammo u elektromobil.

Mashina 1050 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 2,27 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi va akkumulyator 613 km quvvat zaxirasiga ega. Salonda 11 ta displey, shu jumladan orqa yo’lovchilar uchun shiftdan chiqadigan bitta displey, shuningdek, "vaznsiz effektli" o’rindiqlar mavjud.

Narxi oddiy versiyasi uchun 249 000 dollar va cheklangan 300 nusxada chiqariladigan eksklyuziv disklar bilan jihozlangan Futurist Alliance versiyasi uchun 309 000 dollar.
https://t.me/joinchat/AAAAADvefaxQq1XawwDqrg