#Bayram_tabrigi Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar! Barcha | Monomarkaz.uz
#Bayram_tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar! Barchangizni bugungi arafa kuni va kirib kelayotgan Qurbon hayiti ayyomingiz bilan samimiy tabriklayman.
Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. O‘ylagan ezgu niyatlaringiz amalga oshib, xayr-saxovatli ishlaringiz bardavom bo'lishiga tilakdoshman. Ota-onangiz, farzandlaringiz, yor-u birodarlaringiz hamisha sog‘-omon bo‘lsinlar. Atrofingizda hamisha yaxshi insonlar safi ko‘payaversin. Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi direktori Aygul Yusupbayevna Sattarova