Get Mystery Box with random crypto!

Mahliyo Dadaxanova-Saloydinova

Telegram kanalining logotibi momocham06 — Mahliyo Dadaxanova-Saloydinova M
Telegram kanalining logotibi momocham06 — Mahliyo Dadaxanova-Saloydinova
Kanal manzili: @momocham06
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71
Kanalning ta’rifi

Mahliyo Dadaxanova-Saloydinovaning Telegram kanali

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-10 19:03:56 Nega yashil yurakdan foydalanishimni koʻp soʻrashadi.
Sababi yashil rang men uchun tiriklik ramzi.
Qalbimiz doim tirik boʻlishini ,nafas olishini xohlardim
Sizlarni yaxshi koʻraman ....

@momocham06
170 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 16:03
Ochish/sharhlash
2022-09-10 19:01:06 Sevdim....

Sizga ham yoqdimi?

@momocham06
158 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 16:01
Ochish/sharhlash
2022-09-10 18:51:24
- Ey Ali, mahzunligingiz bu dunyo uchun bo'lsa, bizga yarashmaydi.
Yo'q, agar oxirat uchun mahzun bo'layotgan bo'lsangiz, ayting birga mahzun bo'laylik...

Fotima rodiyallohu anho

@momocham06
143 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, edited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-09-10 08:49:07
*
ayol. kulgu. yolg'on. bayram. baxt,
qudrat. qo'rquv. borliq va sarob.
ayol. yig'i. i̇syon. i̇toat.
olov. arqon. o'lim. vassalom.

erkak. qusur. qolgani yallo,
ayol. gunoh. do'zaxiy mutlaq.
ayol qulning qulidir, illo,
erkak – xudo. xudo doim haq.

ayol – og'ir ko'z yosh, ulkan oh,
o'zing bas kel, yagona alloh...

17. 05. 2021.

mehrinoz

@momocham06
124 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, edited  05:49
Ochish/sharhlash
2022-09-09 17:39:22
Onamga qaytish

Qoshingizga keldim, qosh qorayganda, Qabog‘ingizdagi yosh qorayganda.
Ko‘ksimdagi qizil tosh qorayganda,
Ko‘ksingizda sog‘inch unib yotibdi

Sizdan yiroq qildi tiriklik g‘ami.
Qoqilgan dasturxon - quruqlik g‘ami.
Unuta yozibman o‘liklik g‘amin,
Tiriklik ustimdan kulib yotibdi.

Qo‘zichoqday chopay quchog‘ingizga.
O‘tinlar keltiray o‘chog‘ingizga.
Kulcha yopib bering qochog‘ingizga
Kaftingiz tandirday qizib yotibdi.

Mana izlab topdim fursat, vaziyat.
To‘shakdan turganday bo‘ldi hamiyat.
Faqat bir burchakda yozib vasiyat,
Ochib ko‘z oqibat o‘lib yotibdi,
  Qoshingizga kelsam qosh qorayganda

@momocham06
116 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, edited  14:39
Ochish/sharhlash
2022-09-09 08:01:44 Baxtimizga sogʻ boʻling
107 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 05:01
Ochish/sharhlash
2022-09-09 08:01:25
Эҳ, аёллар

Бошловчи йигит кўчадан ўтган нотаниш инсонларга қуйидагича савол берибди: «Азроил келиб: "Сени жонингни олайми ёки ёрингними?" деса, кимнинг жонини олишини истаган бўлардингиз?»

Аёллар ва эркакларнинг жавобини эшитинг :)

https://t.me/Qalbgavhar
105 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 05:01
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:58:14
Сен АЁЛсан...

Университетдаги психология бўйича доктор, катта профессорнинг айтишича, она боласини қаттиққўллик билан эмизса, яъни тезроқ бўл, етар энди, ёки кўкрагига қаттиқ қисиб, меҳр кўрсатмаса, у бола бадхулқ бўлиб ўсар экан. Аммо Она меҳр-шафқат билан эмизса, у бола хулқли чиройли, меҳрли бола бўлиб ўсаркан...

Сен Аёлсан! Сен Онасан! Меҳр-шафқатли бўл! Боланг гўзал хулқ соҳиби бўлиб камолга етсин!

Муҳаммад Ротиб Нобулсий

@momocham06
130 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, edited  11:58
Ochish/sharhlash
2022-09-06 06:08:37 Koʻngilga...

Ovutishar ishq degan
Savdo tushmay boshiga ―
Arzimasmish u yigit
Koʻzlarimning yoshiga.

Ne qilay, koʻz oldimda
Ishqimiz nurab tursa?
Yigʻlayotgan koʻzlarim
Bir uni soʻrab tursa?

Endi uning men uchun
Aytarga soʻzi yoʻqdir.
Undan-da ogʻir ― meni
Koʻrgani koʻzi yoʻqdir.

Bir paytlar nazariga
Koʻzim ilhaq, degandim.
Adolatsiz dunyoda
Muhabbat haq, degandim...

Eshit, peshonangga shu
Bitgan boʻlsa netibdi?
Chida, bu gal boydanmas,
Ketsa sendan ketibdi.

Uyatdaman qoshingda,
Ta’na qilma, jim koʻngil.
U ketdi. Kel, endi sen
Koʻzingni chirt yum, koʻngil.

Zuhra Yoʻlchiyeva
121 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 03:08
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:21:59 Shoshilinch xabar:

Biroz avval O’zbekistonni yoz tark etibdi. Aytishlaricha, u egri yo’llar orqali, chegarachilarimizning ko’zini shamg’alat qilib chiqib ketishga erisha olgan. U O’zbekistondan o’zi bilan juda katta miqdorda quyosh nurini olib chiqib ketgani gumon qilinmoqda.

Hozircha ushbu shov-shuvli ish bo’yicha rasmiylar izoh berishmayapti. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda uyushgan jinoiy guruhning vakili sifatida taxmin qilingan kuz so’roq qilish uchun tergovga chaqirilgan.

Voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring.


@xushnudbekuz
155 viewsМаҳлиё Дадаханова-Салойдинова, 19:21
Ochish/sharhlash