Get Mystery Box with random crypto!

Bir bolaning oyoq kiyimi dengiz to‘lqinlari orasida yo‘qoldi. | Mahliyo Dadaxanova-Saloydinova

Bir bolaning oyoq kiyimi dengiz to‘lqinlari orasida yo‘qoldi. U sohildagi qumga "Bu dengiz o‘g‘ri" - deb yozib qo‘ydi...

Undan uncha uzoq bo‘lmagan yerda baliqchi to‘r tashlab, anchagina baliq tutdi. U qumlikka, "Bu dengiz sahiy" - deb yozib qo‘ydi...

Yosh yigit dengizda cho‘kib ketdi. Onasi sohilga, "Bu dengiz qotil" - deb yozib qo‘ydi...

Qariya dengizdan qimmatbaho dur topib oldi. Uning yozuvi, "Bu dengiz oliyjanob", bo‘ldi...

Keyin qirg‘oqqa baland to‘lqin kelib urildi-da, u yerdagi barcha yozuvlarni o‘chirib tashladi...

Dengiz sokinlik bilan so‘z qotdi: "Dengiz bo‘lishni istasang, odamlarning so‘ziga e'tibor berma!!!"

@momocham06