Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib kamroq sarflash mumkin ⠀ 1. Kirim va chiqimla | Iqtisod 💵

Qanday qilib kamroq sarflash mumkin

1. Kirim va chiqimlarni yozib boring

Pulni pala-partish ishlatishning eng ko‘p tarqalgan sababi – nazoratning yo‘qligi Pul qayerga oqib ketayotganini aniqlash uchun kunlik kirim va chiqimlar hisobini yuritish kerak. Qulay vaqt, masalan kechki paytni tanlab, xarajatlar va kirimni bloknot yoki maxsus mobil ilovaga yozib qo‘yish.
Birinchi oyning oxiriga kelib, o‘zingiz va o‘z odatlaringiz xaqida bilib olishingiz mumkin. Zarurat bo‘lsa, ularni o‘zgartiring.

2. Byudjyetni rejalashtiring

Har oy qancha sarflashingiz mumkinligini hisoblab ko‘ring. Kirim chiqimga qaraganda minimum 10 foizga ko‘proq bo‘lgan byudjyet ideal hisoblanadi
Xarajatlarning har bir kategoriyasi uchun kunlik yoki haftalik limitni aniqlang va unga qat'iy rioya eting.
O‘z xarajatlaringiz uchun ularning ahamiyatidan kelib chiqib, shaxsiy qoidalar ishlab chiqing Masalan, oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar, kredit, qarzlar. Ana o‘shanda ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, kredit to‘lovlarini kechiktirganlik uchun qo‘llaniladigan jarima sanksiyalarini chetlab o‘tasiz, pul mablag‘ini kerakmas bo‘lgan joyda “oldindan” to‘lab yubormaysiz.

3. Hayotni murakkablashtirish

Kutilmagan xarajatlardan xalos bo‘lishning bir necha usullari bor. Biroq buning uchun do‘konlarga borishni murakkablashtirishga to‘g‘ri keladi.
Do‘konlarga mahsulotlar ro‘yxati bilan borish va unga qat'iy rioya etish.
O‘zingiz bilan cheklangan miqdordagi naqd pul oling (yoki kunlik limit o‘rnatilgan karta).

4. Inventarizatsiya o‘tkazing

Vaqti-vaqti bilan (bir oyda yoki yarim yilda bir marta) garderob, kitob javonlari, mahsulotlar zaxirasini ko‘zdan kechiring O‘zingizda bor narsalar ro‘yxatini tuzing. Balki shkafingizda bugun super dolzarb bo‘lgan vintaj ko‘ylak bordir. Oshxonada esa esingizdan chiqqan dukkaklilar zaxirasi.
Foydalanmayotgan narsalaringizdan voz keching: katta pul evaziga sotilmaydigan narsani ham ushlab o‘tirmang.

5. Rad etishni o‘rganish

Aql bilan qilingan shoppingdan pul ishlash mumkin. Har safar kutilmagan xariddan o‘zingizni “asrab qolganingizda” uning narxi qiymatini jamg‘arma hisobiga yuboring