Get Mystery Box with random crypto!

​#AbdullaQahhor #Tanlov “Abdulla Qahhor asarlari bilimdoni” | TMI "Moliya" fakulteti

​#AbdullaQahhor #Tanlov

“Abdulla Qahhor asarlari bilimdoni” koʻrik - tanlovi eʼlon qilinadi

Tanlov ikkita shartdan iborat:

“Abdulla Qahhor asari taqdimoti” sharti – talaba oʻzi oʻqigan asarni tahlil qilishi kerak (Taqdimotli videorolik tayyorlanadi);

"Audiohikoya" sharti – talaba Abdulla Qahhor hikoyasi asosida audiopostanovka tayyorlaydi (hikoya dialoglarini obrazga kirgan xolda oʻqishi kerak boʻladi (audiofayl shaklida yuboriladi);

Tanlovning ikkita shartida ishtirok etib, yuqori natijaga erishgan talabalar institut rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladilar:

1- oʻrin: 1 000 000 soʻm;
2- oʻrin: 750 000 soʻm;
3- oʻrin: 500 000 so'm.

Talabalar ishlari 30-iyulgacha qabul qilinadi

Har bir ishtirokchi-talaba yuborgan ishi bilan birga oʻz rasmini va uning tagiga oʻzi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotni (F.I.Sh., fakulteti, kursi, guruhi) ilova qilishi shart.

Talabalarning ijodiy ishlari “ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” telegram kanaliga joylab boriladi.

Tanlov haqidagi batafsil ma'lumotni TMI "Eng yaxshi kitobxon talaba" telegram kanaliga a'zo bo'lish orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://t.me/TMIkitobxontalabalar

MUROJAAT UCHUN TELEFON (TELEGRAM): +998 93 8120902

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook