Get Mystery Box with random crypto!

Bonu Sayyid 🌻

Telegram kanalining logotibi mohinabonusayyidafzal — Bonu Sayyid 🌻 B
Telegram kanalining logotibi mohinabonusayyidafzal — Bonu Sayyid 🌻
Kanal manzili: @mohinabonusayyidafzal
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.52K
Kanalning ta’rifi

Mohinabonu Sayyidafzal
Sahifadan biror nima olinganda, mualliflik huquqiga amal qilinsin.
Turkiya Karabuk davlat universiteti, "Islom ilmlari" talabasi.
Murojaat: @bookgeekuz (reklama almashilmaydi)
@bookgeek_uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-01 13:13:17 Turkiyaning barcha yerida 31-dekabr kuni "Makkaning fathi" nomli tadbirlar tashkillashtiriladi. Odatda bu tadbirlar kunning kechki paytiga to'g'ri kelib, Makka fathini nishonlashga va u yerda bo'lgan hodisalarni anglatishga qaratiladi. Bu qanchalik to'g'ri, bilmayman. Ammo turklarning bu ishni qilishda keltirgan sabablarini aytib o'tmoqchiman.

Aslida Makkaning fath etilgan kuni 10/11-yanvar, 630-yilga to'g'ri keladi deyiladi. Hijriy taqvimda esa, Hijratning 8-yili, Ramazon oyida bo'lib o'tgan. Aynan qaysi kunda ekanida ixtiloflar mavjud. Turkiya esa Makkaning fath etilmish kunini 31-dekabr o'laroq olgan. Aslida bu kunda bo'lgani aniq emas deyiladi ular tomonidan ham.

Bilamiz-ki, hozirgi paytda nishonlanadigan "Yangi yil" bayramining biz Musulmonlarga umuman tegishli joyi yo'q. Bu bo'yicha hazrat rohimahullohning nuqta qo'yuvchi javoblari mavjud.

Turkiya ham shuni inobatga olgan holda, yoshlarni bu yangi yilni nishonlashlari o'rniga, Makkaning fathi qanday bo'lganini o'rganish va o'sha vaqtda Yangi yilni emas, Makkaning fathini nishonlashga chorlaydi.

Makkaning fathini nishonlashlariga yana bir sabab o'laroq, "Insonlarni bugun yana yangi fathlar kutayapti" degan xabarni berish istaklari borligi keltiriladi. Dekabr oyi boshlanishi bilan har yerda "Mekkenin fethi" tadbiriga taklif qiluvchi reklamalarni ko'rishingiz mumkin.

Tepada ham aytganim kabi, bu ish uchun diniy hukm qanday bo'ladi, bilmayman. Lekin yoshlarni yangi yil nishonlashga emas, Makkaning fathini o'rganishga davat qilishlari qaysidur tomondan go'zal ish.

Mohinabonu Sayyidafzal
960 viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash
2023-01-01 00:39:14

1.0K views21:39
Ochish/sharhlash
2022-12-31 23:23:13
Madina... Kim xuzuringga borsa, albatta seni sokin bir maskan ekaningni ta'riflaydi. Shu sokin bag'ringda, umrim so'nggiga qadar bo'lishni shunchalar istayman-ki... Har kimning ta'rifida o'zgacha go'zalsan. Ammo sening go'zalligingni his qilish uchun birgina ta'rif yetarli.. U ham bo'lsa, Rosulim sollallohu alayhi vasallam ta'riflari va Allohga qilgan duolari.. "Allohim, bizlarning qalbimizga Madina muhabbatini sol...." deya qilgan duolarining chechaklari qalblarimizda unib chiqgandek go'yo.

Sendagi u Baqi' qabristoniga qanchadan-qancha oshiqmand qalblar bor. "Qani endi o'sha ulug' Baqi'ga dafn etilsam" deya duolarida zikringni tindirmaydiganlar bor.. Madina.. dunyoga oid biror kattaroq istagim bo'lsa, o'sha ham sensan... Seni ko'proq ta'riflashdan, insonlarga bildirishdan ham qizg'onaman ba'zan... Senda Rosul bor, senda Oisha roziyallohu anho va buyuk sahobalar bor. Senda Fotima onamiz bor... Bu muborak tuproqlaring ta'rifini oxiri yo'q go'yo..

Mohinabonu Sayyidafzal
1.4K viewsedited  20:23
Ochish/sharhlash
2022-12-27 02:24:08
"Kudüs'ü anlatmak için kelimeler yetersiz kalır" degan gapni o'qigan edim bir kitobda...

"Quddusni anglatmoqqa so'zlar yetmaydi" ma'nosida.

Va yana shu she'r ham ajoyib edi:

Zilletsiz, ayaklarının üzerinde, başın dik kalacaksın
Çünkü sen adalet va mizan şehrisin
Saklı incilerin va altınların cevherisin sen
Toprakların asla sadece çamur değildir
Çünkü Kur'an seni ve çevreni mübarek kıldı
Müminlerin ve Müsülmanların ilk kıblesisin
Üç Harem-i Şerif'in üçüncüsüsün
Ey Kudüs'ün gölgeleri, cennetlerin cenneti
Sesini ve gür ezanlarını duyur bana...

Hozirda Abul Hasan Ali Nadwi ning, "Musulmonlar va Falastin davosi" degan kitoblarini boshladim. Kerakli ma'lumotlar ila yo'l-yo'lakay bo'lishib boraman. Hali ko'p o'qimasimdan turib shuni guvohi bo'ldim-ki, mavzu go'zal tarzda va keng fikr ila yoritilgan ekan. (Tepadagi she'rlar bu kitobga tegishli emas)
1.8K views23:24
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:40:31 Har bir amalga oshishi biz uchun qiyindek ko'ringan ish, Alloh uchun juda ham oson... Umidingizni hech so'ndirmang va chin dildan duo qiling. Ishonaman-ki, chin dildan duoga ochilgan qo'llarni Robbim bo'sh qaytarmaydi.

Agar o'sha istaganimiz ish biz uchun xayrli bo'lsa, albatta amalga oshadi. Qilayotgan duolaringiz javobi kelmayaptgan bo'lsa, zinhor umidsizlik tomon yo'nalmang. Balki u istaganingiz ishning xayrli vaqti emasdur hozir. Umid - juda go'zal tuyg'u. Uni yashash vaqti ham insonga o'zgacha lazzatni beradi.

Har birimizning biror yetisha olmayaptgan istagimiz, juda istasak-da, amalga oshmayaptgan duolarimiz bo'ladi tabiiyki. Eng go'zal tasalli esa, "Robbim menga qachon va nima xayrli ekanini yaxshi biladi. Agar "bo'l" desa, yo'q joydan bo'lib ketishi ham hech gap emas. Eng go'zal tarzda, eng xayrli vaqtida berishiga, duolarimni javobsiz qoldirmasligiga aminman" deya olishda.

•Istayotganlarimni eng xayrli vaqtda va go'zal shaklda berishiga aminman. O'sha kunlar kelganida, mana shu xabarimni o'qib, sizlarga ham eslataman, in shaa Alloh! Kutish vaqti qiyin kechadi. Ammo Robbimning rahmati cheksiz. Va men uchun qachon xayrli ekanini eng yaxshi bilguvchidir.

Mohinabonu Sayyidafzal
1.4K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2022-12-17 00:45:07 https://t.me/Yoldoshbek_Ibrohim/3714 Coca cola ichishni 4 yilcha avval to'xtatgan bo'lsam kerak. Gazlilardan faqat fanta ichar edim ba'zan. Ammo ba'zi ma'lumotlarni o'rganib, fantaga ham chek qo'ydim. Pepsini-ku gapirmasa ham bo'ladi. Doim tanishlarimni…
2.9K viewsedited  21:45
Ochish/sharhlash
2022-12-17 00:30:15 https://t.me/Yoldoshbek_Ibrohim/3714

Coca cola ichishni 4 yilcha avval to'xtatgan bo'lsam kerak. Gazlilardan faqat fanta ichar edim ba'zan. Ammo ba'zi ma'lumotlarni o'rganib, fantaga ham chek qo'ydim. Pepsini-ku gapirmasa ham bo'ladi.

Doim tanishlarimni ham bu masalada boshlarini og'ritib kelaman, ichmanglar deb. Ha, hozirgi kunda juda ko'p mahsulotlar yaxudiy sionistlari va lgbtga qarashli. "Hammasiga boycott qila olmaysan" yana birnimalar deyishingiz mumkin. Lekin Alloh taolo oldida "Shunday holda bularga qarshi chiqgan edim" degan javobimiz bo'ladi.

"Shularniki bo'lsa, nima bo'libdi?" degan savolni ham tashlashingiz mumkin. Ammo bir o'ylab ko'ring, Coca cola kompaniyasi, o'z mahsuloti tarkibini ochiqlamay keladi. Ichiga nimalar qo'shilgan, qayerdan bilasiz? Ha, butunlay harom hukmi berilmaydi bunga. Ammo taqvo yuzasidan ehtiyot bo'lishimiz kerak.

Endi esa o'z holatini yana-da ochiqroq ifodalab berdi, LGBTni qo'llab-quvvatlashini ko'rsatib. Sizlardan bu mahsulotlarni ichmaslikni, uning o'rniga boshqa mahsulotlarga, xususan musulmonlar tomonidan ishlanadigan mahsulotlarga yuzlanishingizni so'rab qolaman. Chunki kimni mahsulotini olsak, o'shani pulini ko'paytiramiz. Va yovuz ishlarida bardavom bo'lishiga bir sababchilardan bo'lishimiz tabiiy. Ha, hamma narsada ham ularnikiga muqobil mahsulotimiz yo'q. Ammo eng oz miqdorda bo'lsa ham, qarshi turishimizni ko'rsata olishimiz kerak bo'ladi. Ularni mahsulotini olaverib, musulmonlarga zulm qilishi uchun hamyonlarini pulga to'ldirmaylik...

Gazli ichimliklarning sog'liq uchun ziyoni borasida yozmadim. Buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz

•Mohinabonu Sayyidafzal
26.6K viewsedited  21:30
Ochish/sharhlash
2022-12-16 07:59:18
2.6K views04:59
Ochish/sharhlash
2022-12-16 07:57:22 Ma'lumotda xatolik keltirganim sabab, post tahrirlandi.

"Bloody Mary" musiqasi haqida:

Nasroniylar tarixida Mariya Magdolina degan ayol yashab o'tgan. U ayolni yengil tabiat ayol deb bilishgan. Keyinchalik esa ayolning nomi oqlanib chiqgan ekan. Ammo e'tiboringizni qaratishingiz kerak bo'lgan jihati, u ayolni Iso alayhisalomning sevgani deya keltirishlarida! va o'rtalarida shunday ishlar bo'lgan deb, yaxshigina uyatsiz holatda yoritib berishadi! (bu ayol chindan Iso alayhissalom ayoli bo'lganmi, bilmayman. Man bunday ma'lumot o'rganmanganman islom tarixida). Shunday qilib, u Mariya Magdolina ba'zi insonlar tilida axloqsiz va yengil tabiat (yozishga majburman) foxisha deyiladi. Ba'zilar orasida esa ilohiylashtiriladi.

Nega bu ayolni gapirdim o'zi? O'sha musiqa, aynan Mariya Magdolina tomonidan aytilgandek qilingan. Va naqorat yerida, "Iso aytganday raqsga tushaman" deb aytib ketilgan (Like Jesus said). Tarjimasini pastdagi rasmlar orqali o'qishingiz mumkin.

Bu musiqaga qarshi fikr bildirgan holda, ingiliz nasroniylari tomonidan video ham tayyorlanibdi. U yerda aytilishicha, "Iso raqsga tushish borasida aytmagan! ammo injilning ba'zilarida shu kabi so'zlar ham keltirib o'tilgan. Lekin u to'g'ri emas!" deydi nasroniy yigit. Aslida bu yerda yaxshigina chalkashliklar mavjud.

Asosiy e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgani, bu musiqaning ma'nosi! "Iso aytganidek raqsga tushaman"~~~~ Biz Iso alayhissalomni payg'ambar deb bilamiz, e'zozlaymiz. Ular o'lmaganlari, hali yerga tushirilishlari va musulmonlar ila namoz o'qishlari-yu, yana boshqa aytilgan hodisalar borasida ham xabardormiz, ishonamiz.

Shunday ekan, shu ma'nodagi musiqaga raqsga tushib, uni sevib eshitish yoki yana shunga aloqador ishlarga bosh suqishimiz to'g'ri kelarmikin? Sizga kelayotgan ma'lumotlar borasida biroz izlaning, surishtiring, o'rganing. Ko'r ko'rona ergashib ketmang, iltimos.

Ma'lumotlar borasida xatolarim bo'lishi mumkin. Ammo g'arbni tarqatayotgani yangiliklarda e'tiborli bo'lishingizni aytish borasida fikrim qat'iydir! Bu kabi narsalarga ko'plar kabi oddiy qaramayman, unday qarashni istamayman ham. Qolgan fikrlar uchun esa comment ochiq.

•Mohinabonu Sayyidafzal
2.7K views04:57
Ochish/sharhlash