Get Mystery Box with random crypto!

Millenium uslubi qanchalik foydali? O'tgan po'stlarimizda raq | MNEMONIKA TRENING

Millenium uslubi qanchalik foydali?

O'tgan po'stlarimizda raqam eslab qolish uchun ishlatiladigan uslub "millenium" haqida yozgan edik. Xo'sh afzal va kamchiliklari qanday bu uslubni?

Afzal tomonlari:

- Ko'proq raqam eslab qolasiz. Har uchta raqamga sizda obraz bo'ladi;
- Lokatsiya kam ishlatiladi, chunki har oltita raqamga bitta lokatsiya ishlatasiz;
- Vaqt kam sarflanadi eslab qolish jarayonida;

Kamchiliklar:

- Obrazlar tanqisligi. Milleniumda 000 dan 999 gacha har bitta raqamga obraz tuzish oson emas;
- Yod olish ushbu obrazlarni qiyin va uzoq;
- Eslab qolish vaqtida bitta songa obraz kelmasa, uni butun tuzilgan tizimdan qidirib chiqa olmaysiz;
- Obrazlar tez esingizdan chiqishi mumkin. Agarda 1000 ta obraz takrorlanib turmasa, bunday hajmdagi ma'lumot esdan chiqadi.

Hulosa qiladigan bo'lsak, bu uslub juda qiyin. Ya'ni tayyorlash va uni yod olish mushkul. Ancha vaqt sarflagandan ko'ra, Major yoki POA uslubini o'rganganingiz yaxshiroq.

Obuna bo'ling https://t.me/mnemonikaa9598