Get Mystery Box with random crypto!

Al-mubin

Telegram kanalining logotibi mnemonika_mindset_academy — Al-mubin A
Telegram kanalining logotibi mnemonika_mindset_academy — Al-mubin
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.74K

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-09-03 11:50:57 Kam uxlash va vaqtimiz barakali bo‘lishining yo‘li. Islom dinida ochlikning foydalari
172 views08:50
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:16:47 Ilm suhbati
Azon, Qur'on va maqomlar to'g'risida suhbat


00:00 Tizer
05:16 Nizomiddin qorining yoshlik davrlari
15:33 Nechta til bilasiz?
20:27 Arab tilini bilish tafsirini bilish degani emas
27:50 Qur'ondagi kashfiyotlarni o'rganish uchun qaysi tafsirni tavsiya qilasiz?
30:37 Qur'oni Karim jamlanishi haqida
35:53 Makka va Madinada nozil bo'lgan oyatlar haqida
48:30 Yodlangan Qur'onni qanchada takrorlab turish kerak?
52:15 Bir pora o'qish uchun qancha vaqtingiz ketadi?
53:26 Necha xil o'qish tezliklari bor?
56:34 Maqomlar haqida
1:01:01 Maqomlarning bir-biridan farqi
1:17:02 O'zbek maqomlari bilan arab maqomlari orasida o'xshashlik bormi?
1:24:00 Inson Qur'onni bilimi yetganicha o'qishi mumkinmi?
1:29:45 Namozda imomlikka o'tishga kimlar loyiq?
1:46:54 Sovg'a berib Qur'on yodlatish to'g'rimi?
1:52:38 Qur'onni yodlash uchun tavsiyalar
1:57:15 Azonning qanday maqomlari bor?
2:02:50 Azon aytish qanday vujudga kelgan?
2:07:56 Qur'onning tarjimasini o'qib, xulosa olish mumkinmi?
153 viewsedited  07:16
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:30:35 AYOL

   “Menga ustoz Bahjat Baytor aytib bergan edi. U Amerika Qo‘shma Shtatlarida qilgan leksiyalaridan birida ayollar haqida gapirib, bizda ularning o‘z mollarini o‘zlari mustaqil boshqarish huquqiga ega ekanligini aytgan ekan. Uning molini otasi ham, eri ham tasarruf qilish huquqiga ega emasligini, agar ayol faqir bo‘lsa uning nafaqasini otasi yoki eri berishi lozim ekanligini, agar uning otasi yoki eri bo‘lmasa, garchi amakisining amakivachchasi bo‘lsada, merosdan haqdor bo‘lgan har qanday qarindoshi uning nafaqasinin berishi lozimligini aytibdi. 
   Bu nafaqa u ayol erga tekkunicha yoki o‘zining shaxsiy moliga ega bo‘lgunicha davom etadi. U turmushga chiqqach uning nafaqasi erining zimmasida bo‘ladi. Bunda ayol kishi hatto millioner bo‘lsa-yu, uning eri oddiy ishchi bo‘lsada farqsizdir va hokazo...
   Baytorning bu gaplarini eshitgan Amerikalik bir adiba shunday debdi:
“Agar ayollar sizda siz aytgandek qadrga ega bo‘lsa, meni o‘zingiz bilan diyoringizga olib keting. U yerda olti oy yashay. So‘ngra o‘ldirsangiz ham mayli!”.
   Baytor uning gaplaridan ajablanib, uning ahvolini so‘rabdi. U o‘zi va qizlarining ahvoli haqida gapirib beribdi. U hur ko‘rinsada aslida cho‘ri ekan. Aziz ko‘rinsada, xor ekan. Amerikaliklar ayollarni arzimagan narsalarda ulug‘lab, katta ishlarda tahqirlashar ekan. Mashinadan tushishda ularning qo‘llaridan tutishar ekan. Biror joyga borishsa ularni o‘zlaridan oldin kiritishar ekan. Ba’zan tramvayda ularga joy berishar ekan. Yoki yo‘ldan o‘tishi uchun ularga yo‘l berishar ekan. Ammo bularning badaliga ularga qarshi chidab bo‘lmas yomonliklar qilishar ekan.
   Amerikada qiz bola aqlini tanisa bo‘ldi, otasi unga hech narsa bermas ekan. Eshigi qiz uchun yopiq ekan. Ota unga: “ Bor, ishla. Tirikchiligingni ko‘r. Bugundan boshlab menda sen uchun hech narsa yo‘q!”, der ekan. Shu bilan bechora qiz hayot tashvishlariga yolg‘iz o‘zi sho‘ng‘ib ketar ekan. Bundan buyog‘idagi uning hayoti bilan hech kim qiziqmas ekan. Bu faqatgina Amerikada emas, u kabi barcha davlatlarda ham shunday ekan.
  U yerda ayol kishi bizning nazdimizda arzimas hisoblanmish bir burda non uchun o‘zining eng qadrli narsasi bo‘lmish obro‘sini, sha’nini, hayosini tikib yuboraverar ekan.
   Bizdagi fosiq kimsa ham xotiniga ergashadi. Unga eng qadrli narsalarni sarf qiladi. Uni qizg‘anadi, himoya qiladi. Chunki u xotiniga mashaqqat bilan erishadi, qiyinchilik bilan yetishadi.
   Sharq ayoli hijobga kirib aziz bo‘ldi. Yengillik bilan erishib bo‘lmaydigan qilindi va qadrga ega bo‘ldi. Gʻarbda esa ayol ko‘rgazma bo‘ldi va xor bo‘ldi. chunki ko‘rgazma qilingan barcha narsa xor bo‘ladi”.

| Ali Tantoviy rohimahulloh
151 views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:15:46
Achchiq lekin haqiqat
Manba:Abdukarim_Mirzayev_kanali
127 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-09-02 06:54:17 Hech kim yolg‘iz emas.
Kimdir Alloh bilan...
Kimdir esa shayton...

Siz kim bilansiz?
146 views03:54
Ochish/sharhlash
2022-09-02 06:16:44 #foydasi_tegar

Islom ruknlari: 40 farz

Islomda 5 farz bor
Iymonda 7 farz bor
Namozda 12 farz bor
Taxoratda 4 farz bor
Tayammumda 4 farz bor
Gʻuslda 3 farz bor
Amru maʼrufda 1 farz bor
Naxiy munkarda 1 farz bor
Xayzda 1 farz bor
Nifosda 1 farz bor
Ilm izlashda 1 farz bor

Islomdagi 5 farz
1.Iymon
2.Namoz
3.Roʻza
4.Zakot
5.Xaj

Iymondagi 7 farz
1.Alloh Taologa iymon keltirish
2.Farishtalarga iymon keltirish
3.Allohning kitoblariga iymon keltirish
4.Paygʻambarlariga iymon keltirish
5.Qiyomat kuniga iymon keltirish
6.Yaxshilik va yomonlik xam Allohdan ekanligiga iymon keltirish
7.Oʻlgandan soʻng qayta tirilishga iymon keltirish

Namozdagi 12 farz
Namozdan tashqaridagi 6 farz
1.Namoz oʻquvchining badani katta va kichik betaxoratlikdan pok boʻlishi
2.Joyi pok boʻlishi
3.Kiyimi pok boʻlishi va avratlarining berk boʻlishi
4.Qiblani topishi
5.Niyat
6.Oʻz vaqtida oʻqish

Namozning ichidagi 6 farz
1.Takbiri taxrima (Dunyo ishlarini xarom qilib oxirat ishlarini xalol qiluvchi takbir.Allohu Akbar deb namozga kiriladi)
2.Qiyomda turish
3.Qiroat qilish
4.Ruku
5.Sajda
6.Qaʼdai oxir (Attaxiyoti miqdorida oʻtirish)

Taxoratdagi 4 farz
1.Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloqning yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish
2.Ikki qoʻlning chigʻanoqlari bilan bir marta yuvish
3.Boshning toʻrtdan biriga masx tortish
4.Ikki oyoqning toʻfiqlari bilan bir boradan yuvish

Tayammumning 4 farzi
1.Namoz oʻqishni niyat qilib tayammum qilish
2.Toza tuproqni qasd qilishi (Yer jinsidan boʻlgan,tuproq,tosh,qum kabilar)
3.Ikki qoʻlini tuproqqa urib yuziga masx tortish
4.Ikki qoʻlini yana urib ikkala qoʻlining chigʻanoqlarini qoʻshib masx tortish

Gʻusldagi 3 farz
1.Ogʻizga suv olib yuvish
2.Burunga suv olib yuvish
3.Butun badanga suv yetkazib yuvish

Amru maʼrufda 1 farz bor
Yaxshi amallarni oʻzi bajarib,boshqalarga xam buyurish

Naxiy munkarda 1 farz bor
Yomon amallardan avval oʻzi saqlanib boshqalarni xam qaytarish

Xayzda 1 farz bor
Xayz xukmlarini bilish.Xayz kunlarining ozi uch kun koʻpi oʻn kun.Xayzdan pok yurishning eng ozi oʻn besh kun,koʻpining chegarasi yoʻq.(Bir umr xayz koʻrmasa,namoz oʻqiyveradi)
Xayz kunlarida namoz oʻqilmaydi,roʻza tutmaydi,jinsiy aloqa qilmaydi.Xayz toʻxtashi bilan gʻusl qilib poklanib namozini davom ettiradi,roʻzasini tutadi.Xayzli kunlarining namozlarini qayta oʻqimaydi. Roʻzaning fazolarini tutadi.Xayzli ayol Qurʼon tilovat qilmaydi Musxafni ushlamaydi va Kaʼbani tavof qilmaydi.

Ilm izlashda 1 farz bor
Ilm izlash, oʻqish farz.

MANBA: @ IqtibosVaqti
119 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-09-02 05:51:29
Bugun, 2 sentyabr, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash kuni.

Bugun birinchi Prezidentimiz vafot etganlariga 6 yil bo‘ldi.

@mnemonika_kanali
187 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-09-02 04:26:59
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Yaratgan Robbimga hamdu-sanolar,
Uning Rasuliga boʻlsin duolar.
Ismu amalingiz Jannatda tursin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin
!



@mnemonika_kanali
153 views01:26
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:36:05 MILLATNI UYGʻOTUVCHILAR

Musulmondan bir go‘zal ishni ko‘rsa, uni qo‘llab-quvvatlash musulmonning vazifasi. Zotan, xayrli ishlarda hamkor bo‘lishga buyurilganmiz. Muqobil ravishda bir mo‘minning qadamlarida soddalik, kamchilik ko‘rinsa, uni tuzatish uchun nasihat qilish ham burch. Baribir olmaydi-ku deyilmaydi. Meni yomon ko‘rib qoladi deyilmaydi. Shaxslarga sevimli bo‘lishni maqsad qilmaganimiz kabi ularga yoqimsiz ko‘rinmaslik majburiyatini ham olmaganmiz. Chunki haq so‘zning achchig‘i bor, nishtari bor. Umrini yelga sovurayotgan havoyi yoshlarga ayrim hikmatlardan berilgan mujda ularning boshiga kaltakdek tushishi mumkin. Bu uslubning qattiqligidan emas, balki navqiron avlodning o‘ziga berayotgan havoyi bahosidandir. Ko‘kda qanot qoqib yurib, Yerning tortish kuchini unutganidandir. Ko‘rgan “qiyinchiliklari”ni qahramonlik bilib, to‘rt kishining olqishi mast qilganligidandir.
Ha, endi quyilib qoladi, yoshlikning ishi – kapalakning uchishi deyish ham imkonsiz. Chunki potensial yoshlarning salohiyati qumdan uy qurishga sarflanmasligi lozim.
Ko‘p aytilgan so‘zning siyqasi chiqadi. Masalan, yaqin o‘tmishda “ma’naviyat”, “Vatan” so‘zlaridan insonlar bezillab qolgan edi. Bugun “millat” so‘zi urf kirdi. “Millatni uyg‘otish” uchun bel bog‘lagan shovvozlar maydonga tushdilar. Dardning og‘irligini bilgan tabib uni davolashga kirisharkan, un chiqarmaydi. Chunki ishining og‘irligini biladi. Kichik xato bemor hayotiga nuqta qo‘yishini u tushunadi.
“Uxlayotgan millat”ni uyg‘otaman deganlar bamisoli tabib bo‘lsalar, bu qadar hayqirishlariga ehtiyoj bormi? Baland-baland gapirilsa, millat uyqudan uyg‘onib ketadimi?
Payg‘ambarlar umrlarini insonlarni uyg‘otish uchun baxshida etib, jonlarini Robbilariga topshirar chog‘larida afv tilar edilar. Allohga eng yaqin bandalarida bu da’vo yo‘q edi, holbuki, asl vazifalari shu edi.
“Millat uyg‘otuvchilari” deb o‘zlarini tanitayotganlar o‘zlarini reklama qilish bilan mashg‘ul bo‘layotirlar. Aksarlari chala ilm bilan maydonga qadam bosmishlar. Millat ichidan chinakam shaxsiyatlarni tarbiyalash zinhor oson kechmagan. Millat chiroyli so‘zlar va shiorlar, musiqa va qo‘shiqlar bilan uyg‘onmaydi. Balki chuqurroq uyquga ketadi. Chunki asl millat uyg‘otuvchilar maydonga qo‘shiq aytib, shior kuylab kirib kelishmagan.
Xalqning ichida qahqaha otib kulish, albatta, qalbning darddan forig‘ ekaniga dalolatdir. Qahqaha hushning aqldan ketganiga ishoradir. Millatni uyg‘otguvchi o‘ziga maqom bermaydi, o‘ziga oddiy odamlarning jismoniy ehtiyojlari tushib turgan ishlarni harom qilib olmaydi. Yemak-ichmak, uxlash, jimo’, kiyinishni tanqislashtirish kabilar “millat uyg‘otgichlari”ning alohida xususiyatlari hisoblanmagan. Oddiy inson bo‘lish kerak, vassalom.
Millatning uyg‘ongani millionlab insonlarning kimningdir ortidan yugurib yurishi bilan belgilanmaydi. Asl uyg‘onish mutlaqo bosh narsa. Uning mohiyatini tushuntirish mushkul, ammo anglagan insonning siyratida tag‘yir ro‘y beradi. Uning har bir so‘zi amaliga aylanib, amallari so‘zlay boshlaydi.

| Akrom MALIK
281 viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:50:20 Qadringa yetganni qadrdoni boʻl.
267 views12:50
Ochish/sharhlash