Get Mystery Box with random crypto!

Metroda endi Mobiuz mobil operatori aloqasi ishlamoqda. Kompa | Mmood

Metroda endi Mobiuz mobil operatori aloqasi ishlamoqda.

Kompaniya abonentlari poytaxt metropolitenining 31 ta yerosti bekatlarida mobil internet va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin. Internetga ulanish 4G LTE/3G tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

Aloqadan foydalanish uchun abonentlar qandaydir qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishlari talab etilmaydi. Tarmoq signali avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

Mobiuz o‘z tarmoqlari qamrovini kengaytirishga va texnik rivojlanishga katta eʼtibor qaratmoqda. Joriy yilning ikkinchi yarmida Mobiuzga Huawei kompaniyasining umumiy qiymati 23 million dollarlik uskunalari yetkazib beriladi. Kompaniya, shuningdek, Huawei va ZTE bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha memorandumlarni ham imzoladi.
Reklama