Get Mystery Box with random crypto!

Koʻplab ishlarni ilk bora va soʻnggi marotaba qilganimiz yodim | Mirsaid Mirsoliyev

Koʻplab ishlarni ilk bora va soʻnggi marotaba qilganimiz yodimizda qoladi odatda. Maktabdagi birinchi qo'ng'iroq va soʻnggi qo'ng'iroq bunga yaqqol misol. Lekin baʼzi ishlarni qachon soʻnggi bor qilishimizni bilmaymiz, xuddi bolalikda koʻchadan o'ynab qaytib, bu oxirgisi ekanini bilmaganmiz kabi.

Ramazon ham xuddi shunday. Balki bu soʻnggisidir...

Bu oyni shunday shijoat va muruvvatga toʻla holda o'tkazingki, sizni yana shunday holatda koʻrishni istab qolishsin. Ramazonni shunday tarzda oʻtkazingki, oʻzingiz ham yangi "men"ni kashf eting.

@Mirsaid_Mirsoliyev