Get Mystery Box with random crypto!

Tumanimizda «Obod Mirobod» loyihasi davom etmoqda Xabar ber | Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

Tumanimizda «Obod Mirobod» loyihasi davom etmoqda

Xabar berganimizdek, Mirobod tumanida mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida tashkil etilgan keng ko‘lamli hashar ishlari davom etmoqda.

Xususan, ertalab o‘tkazilgan ishchi yig‘ilish davomida Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov tomonidan tuman kommunal xizmati, obodonlashtirish boshqarmasi, “Maxsustrans”, tuman boshqaruv servis kompaniyalari mutasaddi rahbarlariga o‘zlariga biriktirilgan hududlarda tozalash ishlarini yuqori darajada davom ettirish, joylarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan 1-sektor hududidagi mahallalarda faollar ishtirokida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumandagi chiqindilarni saralash punktlaridagi vaziyat birma-bir o‘rganib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|