Get Mystery Box with random crypto!

#YoshlarTurizmiHaftaligi Mirobod tumanida maktab o‘quvchil | Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

#YoshlarTurizmiHaftaligi

Mirobod tumanida maktab o‘quvchilari uchun qadimiy Samarqandga sayohat tashkil etildi

2–10-yanvar kunlari O‘zbekistonda “Yoshlar turizmi haftaligi” deb e’lon qilingan. Ushbu tadbir doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Mirobod tumanidagi 125-umumta’lim maktab o‘quvchilarining qishki ta’til davrini maroqli o‘tkazish maqsadida 35 nafar yoshlar uchun Samarqandga sayohat tashkil etildi.

Ikki kunlik tashrif doirasida o‘quvchilar Samarqand shahridagi tarixiy qadamjolar, uzoq asrlik tarixga ega obidalar, boy madaniy meroslar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|