Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sanʼatimiz ustalari va yosh ijrochilar diqqatiga O‘z | MILLIYTANLOV.UZ

Milliy sanʼatimiz ustalari va yosh ijrochilar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi ezgulik, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zing muborak, Yangi O‘zbekistonim!” qo‘shiqlar tanlovini eʼlon qiladi.

G‘oliblar mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli bayram tantanalarida ishtirok etish hamda quyidagi pul mukofotlarini qo‘lga kiritishadi:

o‘rin  50 mln. so‘m
o‘rin  40 mln. so‘m
o‘rin  30 mln. so‘m

Arizalar 1-fevraldan 20-fevralga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari 10-mart kuni eʼlon qilinadi.

Tanlov uchun tayyorlagan ijod namunalaringizni @uzbekkonsert_navruz_bot manziliga yuboring

Maʼlumot uchun:
(95) 194-23-23

CULTURE and ART VOLUNTEERS