Get Mystery Box with random crypto!

TIMSS xalqaro tadqiqotining matematika yo‘nalishi bo‘yicha sem | Milliy markaz

TIMSS xalqaro tadqiqotining matematika yo‘nalishi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad matematika fani o‘qituvchilarining TIMSS xalqaro tadqiqoti haqidagi tasavvurlarini boyitish, jumladan, jozibador, interaktiv senariylarga asoslangan, oʻquvchilardan muammolarning yechimini topish yoki maqsadga erishish uchun bir nechta bosqichlardan o‘tish talab etiladigan PSI (Problem Solving and Inquiry Tasks) muammolarni hal qilishga doir topshiriqlardan namunalar hamda o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil: https://bit.ly/3VSY5hz

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram