Get Mystery Box with random crypto!

#Seminartrening #Tabiiyilmiy #PISA #TIMSS Talim sifatini ba | Milliy markaz

#Seminartrening #Tabiiyilmiy #PISA #TIMSS

Talim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Rossiya Ta’lim sifatini baholash federal instituti direktori o‘rinbosari Denisenko Ilya Sergeyevich ishtirokida “Zamonaviy taʼlim – yuksak imkoniyatlar kalitidir!” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-trening davomida o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va uni rivojlantirishning zamonaviy usullari, hodisalarni ilmiy tushuntirish, baholash va ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, ma'lumotlarni ilmiy talqin qilish va dalillarni taqdim etish bo‘yicha ma’ruzachilar hamda trenerer-o‘qituvchilar ishtirokida qizg‘in bahs-munozara jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, hududlardan onlayn formatda ishtirok etgan trener-o‘qituvchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga maruzachilar tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram